So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  1 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  2 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

"Metallurg" yangi futbolchilarini tanishtirdi Yangiliklar

"Metallurg" yangi futbolchilarini tanishtirdi

Bekobod klubi bir nechta transferni elon qildi.

Bugun "Metallurg" 6 nafar futbolchisini ommaga taqdim etdi.



Asli kelib chiqishi belaruslik, yaqinda O'zbekiston fuqaroligini qabul qilgan Vladislav Kosminin "Metallurg" bilan shartnoma imzoladi. Mamlakatimizga 2017 yili kirib kelgan va AGMKda to'p tepgan Kosminin keyinchalik "Qizilqum", "Turon" jamoalarida o'ynadi. O'tgan mavsum esa Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga ko'chib o'tdi va Osiyo CHempionlar Ligasida ishtirok etdi.

Futbolchilik faoliyatini 2006 yili Belarusning "Naftan" jamoasida boshlagan Vladislav ushbu yurtning "Polock" (2010), "Volna" (2011/2012), "Granit" (2013), "Vitebsk" (2014), "Neman" (2016) klublarida ham to'p tepdi. Poytaxt viloyatida ikki mavsum o'ynagach (2017/2018) yarim mavsum Qozog'iston chempionatida ham ko'rinish berdi. 2019 yilni "Oqjetpes" jamoasida boshlagan Vladislav ikkinchi davradan yana olmaliqliklar tarkibiga kelib qo'shildi. 2018 yilda O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi. 2020 yilni Navoiyda, 2021 yilni esa Yaypan jamoasida o'tkazdi. Bekobodga esa Dushanbe jamoasidan kelib qo'shildi. "Istiqlol" tarkibida Tojikiston Superkubogini qo'lga kiritdi. OFK chempionlari ligasida 5 ta o'yinda maydonga chiqib, 1 ta gol urdi.

SHu yillar davomida 33 yoshli futbolchi 278 uchrashuvda maydonga tushgan. Raqiblar darvozasiga 27 ta gol urgan.



O'tgan mavsum Superligada “Qo'qon-1912” jamoasi sharafini himoya etgan serbiyalik Ivan Yosovich “Metallurg” azosiga aylandi. Tajribali himoyachi bu mavsum bekobodliklar himoya qo'rg'onini mustahkamlashga bel bog'lagan.

“Qo'qon-1912” jamoasiga “Indjiya” klubidan kelib qo'shildi. Uch yil mobaynida qo'qonliklar tarkibida Superliganing 66 uchrashuvida maydonga chiqdi va 8 ta gol urdi. 16 marta hakamlar tomonidan sariq kartochka bilan “siylandi”.



Yangi mavsumga qizg'in hozirlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z tarkibiga serbiyalik yana bir o'yinchi Filip Stamenkovichni qo'shib oldi.

Stamenkovich 24 yoshda. “Vojdovac” futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Professional futbolchilik faoliyatini 2017 yili Belgradning “Radnichki” jamoasida boshlagan. Keyinchalik Vranening “Dinamo” (2019-2020), CHaetinaning “Zlatibor” (2020-2021) hamda Moskvaning “Veles” (2021-2022) jamoalarida harakat qilgan.



2020 yilgi mavsum “Neftchi” klubi tarkibida Pro liga bahslarida ishtirok etib, jamoa to'purari bo'lgan Marko Obradovich “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi. Serbiyalik futbolchi yangi mavsumda bekobodliklarning hujum chizig'ini kuchaytirishi kutilyapti.

Marko Obradovich O'smirlik chog'ida Serbiyaning “Zemun” (2008) hamda “Partizan” (2009) futbol klubi maktabida tahsil olgan Marko katta futbolga Belgiyaning “Eypen” jamoasi orqali kirib keldi. Ushbu jamoani 44 ta o'yinda 11 ta goli bilan kuchlilar safiga qaytishiga yordam bergach Obradovichga “Seran” klubi qiziqish bildirdi. 2013-2017 yillar mobaynida esa Bosniyaning “Radnik” jamoasida to'p tepdi. 2017 yilning yozida esa u Qozog'istonning “Aktobe” jamoasi azosiga aylandi. SHundan so'ng uning sobiq Ittifoq mamlakatlaridagi futbolchilik faoliyati boshlandi. Rossiya Federaciyasining “Enisey” (2018), Belorusning “Torpedo-BelAZ” (2019), Qozog'istonning “Oqjetpes” (2020) va Farg'onaning “Neftchi” (2021) klublarida o'ynadi.

2005 yildan 2008 yilgacha Serbiya o'smirlar (U-16) va yoshlar (U-17) terma jamoasida o'ynagan bo'lsa, 2010 yili CHernogoriya (U-19) yoshlar terma jamoasiga jalb etildi. 



Bekobodning “Metallurg” jamoasi yarim himoya chizig'ini kuchaytirish, raqobatni oshirish maqsadida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'yinchisi Abdujalil Manazarov bilan shartnoma imzoladi.

Abdujalil Manazarov 24 yoshda. O'tgan mavsumni “So'g'diyona” tarkibida o'tkazgan Manazarov uchta frontda – O'zbekiston chempionati, Kubogi hamda OFK kubogi musobaqalarida bahs yuritib, katta tajriba to'pladi. Mamlakat chempionatida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqib darvozasiga 1 ta to'p kiritdi, 4 bor sariq kartochka bilan jazolandi. Etiborli jihati, uning yagona goli “Metallurg” bilan bo'lgan uchrashuvda urilgan bo'lib, bu gol “So'g'diyona”ni mag'lubiyatdan qutqarib qololmagan. O'zbekiston Kubogi hamda OFK Kuboklarida esa 5 tadan o'yinda qatnashgan hamda 1 ta gol urgan.



“Paxtakor” hamda O'zbekiston U-20 terma jamoasi azosi, iqtidorli yarim himoyachi Rian Islomov yangi mavsumdan etiboran “Metallurg” sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Rian bilan jamoamiz ikki yillik shartnoma imzoladi.

Farg'ona futboli tarbiyalanuvchisi bo'lgan Rian Islomov 19 yoshda. “Neftchi” U-19 jamoasidagi faoliyatidan so'ng, o'tgan mavsum “Paxtakor” U-21 jamoasiga o'tib, O'zbekiston birinchiligi bahslarida maydonga tushdi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibidagi 3 ta o'yinida raqiblari darvozasini 2 marta aniq nishonga oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика