“Metallurg” transferlarni to'xtatmayapti
12 jan 2022 16:19
Yangiliklar
“Metallurg” transferlarni to'xtatmayapti
Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'tgan mavsum Superligada o'z o'rnini arang saqlab qolishga erishgandi.
SHu bois klub rahbariyati bundan to'g'ri xulosa chiqargan xolda, tarkibni sezilarli ravishda kuchaytirishga urinmoqda.
Xususan, jamoaning o'quv-yig'in mashg'ulotlariga oxirgi yillarni “Turon”da o'tkazgan darvozabon Akmal Ortiqov bilan yaqinda “Qo'qon-1912”dan ketgan Farhod Bekmuratov borib qo'shildi. Olingan malumotlarga ko'ra, har ikki futbolchi ham “Metallurg” biln rasman kelishuvga erishgan.
Undan tashqari darvozabonlar murabbiyi Pyotr Gizimchuk shartnomasi yakuniga etgani sababli, bekobodliklar bilan xayrlashgan. Klub rahbariyati uning o'rniga Pavel Sinelnikovni taklif etgan. Ushbu namanganlik mutaxassis ilgari “Mashal”da ishlagandi. Oxirgi yillarda esa “Navbahor” darvozabonlarini shug'ullantirib kelayotgandi
Fikrlar