So’nggi yangiliklar

06:34ЖЧ-2026 саралаши. БАА – Ўзбекистон 0:0, Орзулар ушалган ўйин  3 02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  16 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  3 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  12 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   54 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  12 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  16 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  12 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   41 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  13 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  16 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  44 23:45ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистонининг тақдири сўнгги турга қолди  7 23:30Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев футболчиларни табриклади  41

“Metallurg” – Toshkent viloyati Kubogi sohibi! Yangiliklar

“Metallurg” – Toshkent viloyati Kubogi sohibi!

O'tgan haftaning dam olish kuni Toshkent viloyat chempioniga aylangan Olmaliqning “Metallurg” jamoasi bugun dublni qayd etdi.

Viloyat Kubogi finaliga etib kelgan “metalsozlar” hal qiluvchi bahsda Bekobodning “Mustaqillik” jamoasiga qarshi maydonga chiqdi. O'z vaqtida oliy liga vakili “Metallurg” klubi tarkibida to'p surib, mahalliy muxlislarning yoqimtoyiga aylangan Bahrom Umarov bugungi kunda murabbiylik qilmoqda. Uning qo'l ostida “Mustaqillik” ilk mavsumdayoq viloyat Kubogining finaliga etib keldi.

Final bahsi qiziqarli, xavfli vaziyatlar va gollarga boy tarzda o'tdi. Hisobni yosh jamoa azolari – “Mustaqillik” ochdi. Ammo tajribasizlik yakunda ularga pand berdi. Tajribali raqib birinchi bo'limning o'zidayoq hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda ikkinchi golni ham urishdi. Biroq bekobodlik yoshlar o'z irodalarini namoyish qilib, vaziyatni o'nglashdi. Lekin ularning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Boisi, “Metallurg”ning tajribali bo'ydor futbolchisi bosh bilan darvozaning to'qqizligini nishonga olib, himoyachilarga ham, darvozabonga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bu gol o'yin taqdirini hal qildi.

TOSHKENT VILOYATI KUBOGI
METALLURG (Olmaliq) – MUSTAQILLIK (Bekobod) – 3:2 (1:1)
21 sentyabr
. Yuqori CHirchiq. “Ahmad Yassaviy” stadioni.
Bosh hakam: Dauletboy Jalimov (Qoraqalpog'iston).
Qanot hakamlari
: Ilhom Abdulakov (Toshkent viloyati), Oybek Umarov (Toshkent).
Nazoratchi: Rahmatillo Qoratoev (Toshkent viloyati).  
“Metallurg”: SHahzod Ortiqov, Dilshod Abdukarimov, Jamshid Rahmatullaev, Doniyor Jo'raev, Ilhomjon Qoraboev, Farrux Normatov, Rustam Mirzaev, Elbek Jo'raev, Bekzod Tojiboev, Jamshid Turdiev, Bobur Saydazov.
Zaxiradagilar: Jonibek O'tkirov, Davron Rasuljonov, SHarofiddin Ubaydullaev, Azamat Abduqodirov, Mirzali Turdaliev, Xurshidbek Abdurasulov, Elyor Malikov.
Bosh murabbiy: Dilshod Habibullaev.
“Mustaqillik”: Nodir Nishonov, Aziz Dehqonov, Olim Boynazarov, Bahodir Ro'zmatov, Bahodir O'rmonov, Ilyos Mamalatipov, Jo'shqin Otabekov, Umid Saidov, Jamshid Nurmatov, Jamol Abdusalomov, Jasur Hojimatov.
Zaxiradagilar: SHahboz Tursunov, Dilshod Sattorqulov, Najmiddin Abdusalomov, Farhod Jabborov, Dadamuhamedov, Muhiddin Mamaraimov, Otabek O'rmonov.
Bosh murabbiy: Bahrom Umarov.
Gollar: Jo'shqin Otabekov, 32 – 0:1. Bekzod Tojiboev, 45 – 1:1. Davron Rasuljonov, 48 – 2:1. Umid Saidov, 72 – 2:2. Ilhomjon Qoraboev, 73 – 3:2.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика