So’nggi yangiliklar

15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  4 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3

"Metallurg" stadionida projektor yaxshilangan. Navbat teletranslyaciya masalasiga Yangiliklar

"Metallurg" stadionida projektor yaxshilangan. Navbat teletranslyaciya masalasiga

Teglar :  MetallurgPFL
Superliga uchrashuvlari mavsum startidan buyon ish vaqtidan erta boshlanmayapti.

Bu birinchi galda stadion yoritgichlari bilan bog'liq muammoni keltirib chiqarardi.

Bekoboddagi “Metallurg” stadioni yoritgichlari yil boshida 300—400 lyuksni tashkil qilayotgandi. 23-tur doirasida bo'lib o'tgan “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda PFL ishchi guruhi projektor nurlarining maydonga qanday etib borayotgani yuzasidan tekshiruv o'tkazdi. Endilikda yoritish tizimi 1000—1400 lyuksga etkazilgan. Yil so'ngiga qadar projektorlar yana bir necha lyuksgacha kuchaytiriladi.

“Avvalgi o'yinimizda stadionning sharqiy qanotini g'arbiy sektordan ko'rish qiyinchilik tug'dirayotgandi. Bu safar esa hammasi joyida, o'zgarish katta”, — deb aytib o'tdi uchrashuvni CIP sektordan kuzatib borayotgan “Lokomotiv” klubi vakili Timur Kapadze.

“Metallurg” stadioni maysasi ayni vaqtda qoniqarli holatda. Ayrim joylarda ajriq biroz sarg'aygan, biroq o'sha nuqtalarda tuproq qatlamining cho'kishi, futbolchilar jarohat olishi mumkin bo'lgan nuqtalar deyarli yo'q. SHunga qaramay, ayrim nuqtalarda to'p sakrab ketadi.

“Metallurg” jamoasi o'yini birinchi bosqichdan ancha kuchaygani ko'rinib turibdi. Kecha qiyinchilik bilan g'alaba qozondik. Maydon chimi holati ham ancha yaxshi. Faqat maydon u qadar tekis emas. To'p ko'pincha sakrab ketyapti. Aynan shu sababdan ham kecha qulay imkoniyatdan bergan zarbam golga aylanmadi”, — deb aytib o'tdi “Lokomotiv” klubi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev.

PFL bungacha “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, AGMK va “Qizilqum” stadionlari maysasini o'rnak o'laroq ko'rsatib o'tgandi. “Metallurg” futbol klubi rahbariyati kelasi mavsum uchun buning ustida ish olib borishi kerak.

“Maydon holati oldingiga qaraganda chindan ham yaxshilangan. Maysa pastroq qilib o'rilgani ko'rinib turibdi. Futbolchilar ham avvalgiga qaraganda bir qadar yaxshiroq uzatmalarni amalga oshirdi. Maydon holati ideal darajada bo'lsa, futbol ham chiroyli va tomoshabop ko'rinish oladi”, — dedi “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov.

“Metallug” stadionida CIP hamda VIP sektorlar PFL qo'yayotgan talablarga javob beradi. Media tribunada jurnalistlar ishlashi uchun imkoniyatlar bor. Biroq zaxira o'rindiqlarining ortidan joy olgan muxlislarda futbolni bemalol kuzatib borish imkoniyati cheklangan. “Metallurg” klubi 2019 yilgi mavsumda zaxira o'rindiqlari yopinchig'ini o'zgartirishi, shuningdek, muxlislarni stadiondan ajratib turgan to'siqni kaltalashi kerak bo'ladi. PFL mazkur talabni jiddiy nazorat qiladi.



Teletranslyaciya masalasi

“Metallurg” stadioniga tashrif buyurgan ishchi guruh “Sport” telekanali rejissyori Nodir Rahmatov hamda telekanalning texnik guruhi bilan ham suhbatda bo'ldi. Unga ko'ra, stadionda quyidagi kamchiliklar borligi aniqlandi.

— Kamerachi joy oladigan nuqta notekis temir setka bilan o'ralgan. Bu kadrlarning sakrab ketishiga sabab bo'ladi. CHunki setka har bir harakatdan keyin silkinadi;

— Markazdan joy oladigan kameraga stadion arkasi halal beradi. SHundan kelib chiqib, kamerachi joy olgan nuqtani balandlashtirish shart;

— SHuningdek, markaziy kamera qanotlaridagi kameralar joy olgan nuqtalarni ham ko'tarish lozim. Ular maydonni olayotgan vaqtda muxlislarning boshi kadrga tushib qoladi;

— Televidenie kameralarini quyosh va yomg'irdan himoyalovchi soyabonlar mavjud emas;

— Televidenie hodimlari uchun PFL tomonidan taqdim etilgan beydjiklar bilan stadionda erkin harakatlanish imkoniyati kam.

“Metallurg” stadioni rahbariyati mavjud kamchiliklar yuzasidan rasman ogohlantiriladi. 2019 yilgi mavsumga qadar bularning hammasi bartaraf etilishi shart.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика