"Metallurg" sobiq futbolchilarini ortga qaytarishda davom etyapti Yangiliklar

"Metallurg" sobiq futbolchilarini ortga qaytarishda davom etyapti

Klub matbuot xizmati rasman navbatdagi ikki transferni elon qildi.

"Metallurg" sobiq o'yinchilarini yana Bekobodga qaytardi. Bular – yarim himoyachi Ergash Ismoilov hamda hujumchi SHohnazar Norbekov. 

Malumot uchun, Ergash Ismoilov 2016 yilda bekobodliklar sharafini himoya qilgan.

26 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda “So'g'diyona” tarkibida 25 o'yin o'tkazib (834 daqiqa), 1 ta sariq kartochka ishlab olgan.

SHohnazar Norbekov esa 2011-2016 yillar davomida "Metallurg"da to'p tepgan. 27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda 25 o'yinda 4 ta gol urgan hamda 2 ta golga assistentlik qilgan. U jamoa bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq saytimiz orqali ikki futbolchining transferi haqida xabar bergan edik. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика