Rasman: "Metallurg" himoyachisi klubdan ketdi

Administrator
13 iyul 2024
Ergash Ismoilov “Metallurg”ni tark etdi.

"2022 yildan buyon “Metallurg” sharafini himoya qilib kelgan tajribali himoyachi Ergash Ismoilov bugundan e'tiboran erkin agentga aylandi. “Metallurg” PFK hamda futbolchi o'zaro kelishuvga binoan shartnomani muddatidan oldin to'xtatdi.

Uch yillik faoliyati davomida Ergash Ismoilov “Metallurg” tarkibida 26 ta uchrashuvda maydonga chiqdi. 1 ta gol urdi. 1 marta sariq kartochka bilan jazolandi. O'zbekiston kubogi bahslarida esa 8 ta o'yinda to'p surdi. 2 marta ogohlantirildi. 

“Metallurg” PFK Ergash Isoilovga Bekobod futboli ravnaqi yo'lida qo'shgan ulushi uchun minnatdorlik bildiradi hamda uning keyingi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi", -deyiladi "Metallurg" klubi bergan bayonotda.


AdministratorMuallif
Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати