So’nggi yangiliklar

21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  5 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  26 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3

"Metallurg" qorli maydonda "Turon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Metallurg" qorli maydonda "Turon"ni mag'lub etdi

Teglar :  MetallurgTuron
Toshkent viloyati CHirchiq shahrida Superliganing yangi mavsumiga hozirlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi nazorat uchrashuvida maydonga chiqdi.

Raqib oldiga katta maqsadlarni qo'yayotgan Pro liga A ning yangi azosi – Farg'onaning “Turon” jamoasi bo'ldi.

Qor yog'ib turishi va biroz izg'irinli havoda o'tgan o'yin Superliga vakilining ishonarli g'alabasi bilan intiho topdi. Birinchi bo'limda yaypanliklar darvozasiga kiritilgan ikkita gol “Metallurg” ustunligini taminladi.

Har ikkala gol chap qanotdan boshlangan kombinaciya mahsuli bo'ldi. Dastavval Abror Toshqo'zievning qanotdan jarima maydoniga uzatib bergan to'pini Murod Bobojonov raqib darvozasiga joylab qo'ydi – 1:0. Keyingi golni esa Abrorning o'zi kiritdi. “Metallurg”ning yangi o'yinchisi Abdulhaqovning uzatgan to'pni jarima maydoni ichida Toshqo'ziev xotirjam to'xtatib, darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi – 2:0.

Mazkur uchrashuvda bekobodliklar ustozi Andrey SHipilov qo'l ostidagi barcha o'yinchilarning xizmatidan foydalandi. Ikkala taymda tarkiblar to'liq almashtirildi va zahiradagi futbolchilarga ham o'yin amaliyoti berildi.

Nazorat uchrashuvi.
“Metallurg” (Bekobod) – “Turon” (Farg'ona viloyati) – 2:0 (2:0). “Kimyogar” stadioni
Hakam:
R.Abduvohidov.
Nazoratchi: O.Dachev.
Gollar: Murod Bobojonov (32), Abror Toshqo'ziev (38).



Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика