So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  3 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

“Metallurg” o'z safiga “Andijon” hujumchisini qo'shib oldi Yangiliklar

“Metallurg” o'z safiga “Andijon” hujumchisini qo'shib oldi

Bekobodliklar yangi mavsumga tayyorgarlikniToshkentda boshlab yubordi. Jamoa “O'zbekiston” mehmonxonasida istiqomat qilib, “Do'stlik” stadionida mashg'ulot o'tkazmoqda.

Tarkibda etiborga molik o'zgarishlarni ko'rish mumkin. Xususan o'tgan mavsum U-18 Birinchiligida porlagan Diyor Toirov ayni damda Andrey SHipilov qo'li ostida shug'ullanayotganini aytish lozim. Andijon futbol akademiyasining tarbiyalanuvchisi bo'lgan ushbu iqtidorli hujumchi o'tgan mavsum U-18 Birinchiligida bir qator gollar urib, to'purarlik mahoratini namoyish etgandi. SHundan keyin 18 yoshli futbolchini “Andijon” bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev asosiy jamoa mashg'ulotlariga jalb etganida ko'pchilik muxlislar Toirovni bu yil Superligada “Andijon” safida debyut mavsumini o'tkazishini tahmin qilgandi. Asli namanganlik bo'lgan Diyor Toirov bu yil “Andijon-Akademiyasi”ni tamomlaydi. Biroq, Toirovning kelajagi porloq ekanligini payqagan “Metallurg” selekcionerlari uni darhol jamoaga taklif etib, kelishuvga erishgan ko'rinadi.



Yodingizda bo'lsa, 2019 yili “Andijon” safida kashfiyotga aylangan SHahzod Ubaydullaevning ham iqtidorini ko'rgan “Metallurg” rahbariyati uni “Mashal” klubidan transferini to'liq sotib olib, o'z tarkibida bir mavsum o'ynatgan xolda yaqinda Belorussiyaning “SHaxtyor” jamoasiga 150 000 AQSH dollariga transfer qilib, yaxshigina foyda ko'rdi.

Ajab emaski, Diyor Toirov ham joriy mavsum “Metallurg”da yorqin o'yinlari bilan xorij klublarining etiboriga tushsa.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика