So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Metallurg": Mavsum oldidan so'nggi nazorat uchrashuvida g'alaba Yangiliklar

"Metallurg": Mavsum oldidan so'nggi nazorat uchrashuvida g'alaba

Teglar :  MetallurgMashal
Juma kuni Bekobodning “Metallurg” jamoasi Qibraydagi o'quv-mashg'ulot maskani mashg'ulot maydonida yangi mavsum oldidan so'nggi ko'rik uchrashuvini o'tkazdi.

Raqib o'tgan mavsum chempionatda ettinchi o'rinni egallagan Muborakning “Mashal” jamoasi bo'ldi. Qiziqarli, murosasiz ruhda utgan uchrashuvda bekobodliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yin taqdirini hal etuvchi golni poytaxt viloyati vakillari standart vaziyatdan kiritishdi. 74-daqiqada burchakdan etkazib berilgan to'pni Abbos Otaxonov boshi bilan urib raqib darvozasi to'riga tushirdi.

Bekobodliklar raqiblari darvozasini shundan keyin ham ishg'ol etishga muvaffaq bo'lishgandi. Biroq Zohid Abdullaevning kiritgan golini qanot hakami o'yindan tashqari holatda deb baholadi va inobatga olmadi. Bundan tashqari ham bekobodliklar yana bir qator vaziyatlardan foydalana olishmadi. O'z navbatida uchrashuv qahramonlaridan biri sifatida “Metallurg” posboni – Zafar Safaevni ham misol qilib ko'rsatish mumkin. Boisi u kamida uch-to'rt vaziyatda jamoasini muqarra gollardan saqlab qoldi. Ikki marta esa to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

Murabbiylar shu kuni “Metallurg” tarkibida shug'ullanayotgan barcha o'yinchilarga maydonga chiqish imkoniyatini berishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика