So’nggi yangiliklar

15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  0 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  3 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  1 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  8 13:44Пато "Колчестер Юнайтед"ни сотиб олмоқчи  0 13:18"Машъал" ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 12:53​"Шўртан" Асрор Алиқулов билан келишувни узайтирди  0 12:29"АҚШдан йироқ бўлинг": Блаттер Жаҳон чемпионатини бойкот қилишга чақирди  10 12:03Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди  22 11:39Манба: Ўзбек клуби словениялик ҳимоячини олиб келди  4 11:18Каннаваро: "Янги ўйинчилар иштирок этаётган Дубайдаги йиғин қизғин ўтмоқда"  3 10:40Мемфис Депай БАА клублари эътиборида  2 10:20Дани Алвес профессионал футболга қайтиши мумкин  2 09:55Сардор Раҳмонов фаолиятини Тошкент клубида давом эттиради  4

“Metallurg” mashg'ulotlarni boshlab yubordi Yangiliklar

“Metallurg” mashg'ulotlarni boshlab yubordi

Teglar :  Metallurg
Koronavirus pandemiyasi bois futbol bo'yicha mamlakat milliy chempionati bahslarida tanaffus yuzaga kelgandi.

Ikki oydan ko'proq vaqtni karantinda uyda o'tkazgan “Metallurg” futbolchilari hamda murabbiylar shtabi kecha klub qarorgohida to'plandi va Superliganing 4-tur bahslariga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

“Metallurg” jamoasi azolari klub qarorgohiga yig'ilishdan oldin poytaxtimizning CHilonzor tumanidagi COVID-19 markazida koronavirus pandemiyasiga test tahlillarini topshirishdi. Murabbiylar shtabi hamda futbolchilarning barchasi sog' salomat, tahlil natijalari salbiy (manfiy) ekanligi qayd etilgach, ular klub qarorgohiga yo'l olishdi. Kecha kunning birinchi yarmida jamoa bosh shifokori Dilshod Ashirov futbolchilarni yana bir bor tibbiy nazoratdan o'tkazgach, jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashg'ulotlari boshlab yuborildi. Takidlash kerakki, mashg'ulot tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qatiy amal qilgan holda o'tkazildi.

O'z navbatida yig'indan oldin shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari tomonidan klub bazasi, mashg'ulot o'tkaziluvchi stadion hududi to'liq dezinfekciya qilindi. 

Jamoaviy mashg'ulotlarni sog'inib qolgan futbolchilar hamda murabbiylar shtabi ilk kungi mashg'ulotlar jarayonini katta ko'tarinkilik, uyushqoqlik hamda tartib qoidalarga amal qilingan holda alo kayfiyatda yakunlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика