“Metallurg” – “Lokomotiv” o'yini Toshkentda bo'lib o'tadi
02 iyu 2020 17:20
Yangiliklar


“Metallurg” – “Lokomotiv” o'yini Toshkentda bo'lib o'tadi
Coca Cola Superliga bahslari 13 iyun kunidan boshlab davom etishi haqida avvalroq xabar berilgan hamda birinchi davra taqvimi jamoatchilikka tanishtirilgan edi.
Taqvim bo'yicha, 4-tur doirasidagi “Metallurg” – “Lokomotiv” o'yiniga Bekobod shahri mezbonlik qilishi kerak edi. Ammo, hozirda Bekobod shahri Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xavfsizlik darajasi bo'yicha ajratilgan hududlar toifasiga ko'ra “qizil”, yani xavflilik darajasi yuqori bo'lgan hududga kirgani uchun, uchrashuv ikki tomonning roziligiga ko'ra Toshkent shahriga ko'chirildi.
SHu tariqa, bellashuvga “Lokomotiv” klubi mezbonlik qiladi. Jamoalarning ikkinchi davradagi uchrashuviga “Metallurg” klubi mezbonlik qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar