"Metallurg" ispaniyalik murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi
15 noy 2022 17:00
Yangiliklar
"Metallurg" ispaniyalik murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi
Bu haqda Bekobod klubi matbuot xizmati xabar berdi.
"2021 yilgi mavsum so'ngidan "Metallurg" jamoasida bosh murabbiy lavozimida ishlab kelayotgan ispaniyalik mutaxassis Luisma Ernandes bilan klub o'rtasidagi shartnoma muddati yana bir yilga uzaytirildi.
Klub rahbariyati "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazilgan oxirgi uchrashuvidan keyin Luisma Ernandesning bo'lg'usi mavsum rejalarini muhokama etdi.
Yakunda 2023 yilgi milliy chempionatda ham hamkorlik davom ettirishga kelishib olindi", – deyiladi xabarda.
Malumot o'rnida, "Metallurg" Luisma Ernandes qo'l ostida yakunlangan mavsumni 10-o'rinda tugatdi.
Fikrlar