So’nggi yangiliklar

20:55Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди  128 20:50Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  26 20:50Суперлига. "Машъал" – "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  5 20:20Родриго тиззасидан операция қилинди  1 19:53"Ливерпуль" испаниялик мутахассис номзодини ўрганмоқда  2 19:19Конте: "Агар Беллингем унинг натижасини такрорлаганида, "Олтин тўп"ни қўлга киритарди"  2 18:26Сэр Алекс Фергюсоннинг хотиралар китоби нашрдан чиқади  1 18:08"Насаф"нинг ўйини Самарқандда, "Сўғдиёна"нинг учрашуви эса мезбон мақомида Тошкентда ўтказилади  8 17:35Ўзбекистон Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди  0 17:15"Ливерпул"га қарши ўйинда "Сити"ни Пеп бошқаради. Бироқ Гвардиола эмас  2 16:47Стипе Перица "Нефтчи" тарихига кирди   2 16:25Бабаян бош мураббий сифатида "Нефтчи"га ютқазмаган  14 16:02Ўзбекистон U-15 терма жамоаси халқаро мусобақада қатнашади  1 15:41"Камп Ноу" ЖЧ-2030 финалини ўтказиш учун фаворитлардан бирига айланди  20 15:13Тудор "Тоттенхэм" учун АПЛ ва ЕЧЛдан қайси бири муҳимроқлигини айтди  1

"Metallurg": Fevzi Davletovni tabriklaymiz! Yangiliklar

"Metallurg": Fevzi Davletovni tabriklaymiz!

Bugun “Metallurg” futbol klubining katta murabbiyi Fevzi Davletovning tug'ilgan kuni.
Klub mamuriyati, murabbiylar shtabi, o'yinchilar va butun futbol ishqibozlari nomidan Fevzi Rizaevichni tavallud ayyomlari bilan tabriklaymiz.

1994 – 2005 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan, Xirosima-94 Osiyo o'yinlarida tarixiy g'alabani qo'lga kiritgan, terma jamoamiz tarixidagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi Fevzi Davletov bugun 44-bahorini qarshilamoqda. 1972 yilning 20 sentyabrida Toshkent shahrida tug'ilgan Fevzi Davletov terma jamoa tarkibida 48 ta o'yinda maydonga chiqqan va 3 ta gol kiritgan.

Fevzi Davletov faoliyatini Namangan “Navbahor” jamoasida boshlagan. 1990-91 yillarda navbahorchilar tarkibida sobiq Ittifoq birinchiligida 32 ta o'yinda (1 ta gol) maydonga tushgan bo'lsa, Milliy chempionatimizdagi 29 ta uchrashuvda ham bir marta muvaffaqiyat qozongan. Keyin turli yillarda “Binokor”, MHSK, “Do'stlik”, “Qizilqum”, “Andijon” klublarida o'ynadi (223 ta o'yin, 37 ta gol).  Xorij klublaridan “Rubin” (Rossiya, 11), “Avtomobilist” (Rossiya, 9), “Belasica” (Belarus, 12), “Irtish” (87-2), “Jetisu” (24), “Megasport” (36-1, barchasi Qozog'iston) jamoalarida faoliyat olib bordi. Futbolchi sifatida u jami 511 ta o'yinda maydonga tushgan hamda 45 ta gol muallifi bo'lgan. Osiyo o'yinlarining g'olibligidan tashqari 3 marta O'zbekiston chempioni (1997, 1999, 2000), mamlakat vice-chempioni (1995), bronza medali sovrindori (1993, 1996), O'zbekiston kubogining sohibi (1992, 1999/2000) bo'lgan. Futbolchilikdagi mehnatlari uchun “SHuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Mamlakatimiz futbolining yorqin vakillaridan biri Fevzi Rizaevich Davletovni millionlar o'yiniga befarq bo'lmagan barcha yurtdoshlarimiz nomidan yana bir marta samimiy qutlaymiz va u insonga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика