“Metallurg” CHirchiqda yig'inni boshladi
19 dek 2013 09:28
Yangiliklar


“Metallurg” CHirchiqda yig'inni boshladi
Bekobodning “Metallurg” jamoasi ham oliy liganing boshqa klublari singari o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlab yubordi.
“SA”ga xabar berishlaricha jamoa azolari 17 dekabr kuni CHirchiqda yig'ilgan. Mashg'ulotlar hozircha kuniga bir mahaldan o'tkazilmoqda. Unda asosan “kross” qilinmoqda.
Bir necha yillardan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelgan Odil Isaboev futbolchilik faoliyatini tugatishga qaror qilgan. Endilikda u “Metallurg” yoshlar jamoasida bosh murabbiy Fevzi Davletovga yaqindan yordam beradigan bo'ldi.
Bekobodliklar tarkibini yaqin orada ikki nafar futbolchi tark etishi kutilmoqda. Bular – Aleksandr Kovalyov va Umidbek Tojimovdir.
SHuningdek klub yig'iniga ikki nafar mahalliy yoshlar ko'rikdan o'tish uchun kelganligi to'g'risida ham malumotlar bor.

Fikrlar