"Metallurg": "Bugungi raqib “Gelios”
20 fev 2014 09:45
Yangiliklar

"Metallurg": "Bugungi raqib “Gelios”
Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi 20 fevral kuni xorij safariga rejalashtirilgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Payshanba kungi raqib Ukraina chempionati birinchi ligasi vakili Xarkovning “Gelios” jamoasi bo'ladi.
22 fevral kungi uchinchi o'yinda raqibimiz Armaniston chempionatida 14 uchrashuvda 19 ochko jamg'argan holda 4-o'rinda borayotgan “Bananc” jamoasi bo'ladi. Malumki, Armaniston chempionati oliy ligasida 8 ta klub 2013/14 yilgi mavsumning birinchi bosqichini yakunlash arafasida. Birinchi bosqich tugashiga bor yo'g'i 2 tur qolgan. Va nihoyat 25 fevral kuniga to'rtinchi o'rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan. Bu safar metallurgchilarning raqibi Qozog'iston premer ligasining 2013 yilgi vice-chempioni Astana shahri temiryo'lchilari bo'lishadi. Ayni paytda bu jamoa “Astana” nomi bilan chempionatda qatnashayotganligidan yaxshi xabardorsiz.
Eslatib o'tamiz, “Metallurg” Turkiyada birinchi o'yinni Rossiyaning “Sibir” jamoasiga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bekobodliklardan yagona golni Mirg'iyos Sulaymonov kiritgan.

Fikrlar