“Metallurg” bugundan tayyorgarlikni davom ettiradi
10 noy 2017 09:10
Yangiliklar
“Metallurg” bugundan tayyorgarlikni davom ettiradi
Mamlakat milliy chempionatining 28-turida dam olgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi azolari bugundan etiboran oxirgi ikki tur uchun tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi.
Kunning ikkinchi yarmida asosiy tarkib o'yinchilari CHirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida jamlanishadi va rejaga muvofiq mashg'ulotlarni boshlashadi. Yoshlar tarkibining mahalliy o'yinchilari Bekobodda hozirlik ko'rishsa, chetdan kelgan yoshlar asosiy tarkib azolariga qo'shilishadi.
Eslatib o'tamiz, “Metallurg” futbolchilari 29-turni safarda, musobaqa jadvalida yonma yon pog'onada borayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'tkazadi. So'nggi turda esa hamshaharlarimiz Bekobodda Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. Oxirgi ikki tur o'yinlari bir vaqtda, soat 14:00 da boshlanishidan xabaringiz bor.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar