So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Superliga. Ancha zerikarli o'tgan bahsda "Metallurg" va "Andijon" bir ochkodan qo'lga kiritishdi Yangiliklar

Superliga. Ancha zerikarli o'tgan bahsda "Metallurg" va "Andijon" bir ochkodan qo'lga kiritishdi

Teglar :  Andijon Metallurg
"Metallurg" hamda "Andijon" o'rtasidagi Superliganing 21-tur o'yini yakunlandi.

"Metallurg" - "Andijon" 0:0 LIVE
19 oktyabr 2024 yil. Olmaliq, OKMK sport majmuasi. 17:15
Hakamlar:
G'ayrat Jo'raev, Ruslan Samandarov, Amal Sultonov, Umid Rahimjonov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Nikita Mustafin
Nazoratchi: Fayzullo Hasanov
Komissar: Feruz G'aniev. 

"Metallurg": 35.Rahimjon Davronov, 2.Odilbek Abdumajidov, 4.Kerim Palich, 5.Oleksandr Kucherenko, 6.Xudoyshukur Sattorov (8.Iskandar SHayqulov, 83), 7.Asadbek Sobirjonov (10.SHahzodbek Ubaydullaev, 90), 9.Zabihillo O'rinboev, 15.Azizbek Pirmuhammadov, 24.Davron Hoshimov, 25.SHahzod Nematjonov (11.Daler SHaripov, 71), 31.Marko Milichkovich.

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 88.Sirojiddin Qo'ziev, 98.Balsa Sekulich, 99.Abbos Ergashboev.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid Gulamov, 8.Farhodbek Bekmuratov (17.Farhodjon Sohibjonov, 79), 10.Ilhomjon Abdig'aniev (18.Damir Temirov, 59), 13.Sardor Azimov (66.Ilhomjon Alijonov, 90), 14.Abdurahmon Komilov ( 3.Lyubisa Pesel, 46), 15.Vladimir Bubanya, 21.Ildar Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov, 71.Bektemir Abdumannonov, 77.Rustam Turdimurodov (51.Luka Zgurski, 90).

Zaxira: 72.Igor Litovka,19.Abinur Nurimbet, 28.Islombek Mamatkazin,  99.SHahrom Samiev.

Ogohlantirish: 50 - Vladimir Bubanya, 68 - Ildar Mamatkazin, 79 - Farhodjon Sohibjonov, 90 - Iskandar SHayqulov


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90+1. Alijonov va Zgurski maydonga tushdi, ular Azimov va Turdimurodovni alishtirdi

90. Ubaydullaev Sobirjonovning o'rniga maydonga tushdi

86. Azimovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

83. SHoyqulov Sattorovni alishtirdi

81. Daler SHaripovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

80. Har ikki jamoaga bugun g'alaba kerak, biroq hech biri xavfli hujum tashkil qilmayapti

79. Ogohlantirish: Hozirgina maydonga tushgan Farhod Sohibjonov ogohlantirildi

79. O'zgarish: Bekmurodovning o'rniga Sohibjonov maydonga tushdi

71. O'zgarish! SHahzod Nematjonov o'rnini Daler SHaripovga bo'shatib berdi.

67. Ogohlantirish: Mamatkazin qanotdan to'p bilan oldinga o'tib ketayotgan raqibini keskin harakat bilan to'xtatib qolgani uchun sariq kartochkaga loyiq deb topildi. 

66. Mezbonlar Milichkovichning zarbasi bilan javob qaytarishdi, lekin bu safar ham to'p darvoza to'riga borib tushmadi. 

64. Kutilmaganda, "Andijon" raqib darvozasi oldida o'ta xavfli vaziyat yaratdi, biroq Rustam Turdimurodovning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi.

61. Zabihullo O'rinboevning kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi

59. Mehmonlar bosh murabbiyi uchrashuvdagi holatni o'zgartirish uchun zaxiradagilarni tashlashda davom etmoqda. Temirov Abdug'anievni alishtirdi

50. Ogohlantirish: Vladimir Bubanya ogohlantirildi

46. O'zgarish: Lyubisa Pesel Komilovni alishtirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+1. Burchakdan etkazib berilgan to'pga Bubanya boshi bilan zarba yo'lladi. Ammo darvozabon to'pni ikki urinishda egallab oldi

Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi

44. Sobirjonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

42. Abduvohid G'ulomovning uzoq masofadan yo'llagan xavfli zarbasini raqib darvozaboni qaytardi

41. Abdumajidov chamasi 40 metrlardan kuchli va aniq zarba yo'lladi, darvozabon qiyinchilik bilan to'pni qaytardi

31. SHiddatli boshlangan uchrashuv ancha sokinlashdi. Har ikki jamoaning xavfli hujumlari to'xtab qoldi

22. "Andijon" maydonchasida to'qnashuv sodir bo'ldi, hakam VAR bilan biroz gaplashdi va barchasi joyida ekanligini malum qilib, o'yinni davom ettirdi

15. Sobirjonovning zarbasini Adhamov qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Uchrashuv ancha shiddatli o'tmoqda

15. Bektemirdan super uzatma, biroq Turdimurodovning boshi bilan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

13. Mezbonlar sardoridan navbatdagi zarba. Bu safar Adhamov to'pni ushlab oldi

10. Abdumannonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi sekin va noaniq chiqdi

7. Sobirjonovning ajoyib uzatmasidan so'ng O'rinboev boshi bilan zarba yo'lladi, to'p ustunga tegmoqda

2. Abdug'anievning uzoqdan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi.

UCHRASHUV BOSHLANDI

"Metallurg" jamoasi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan "Andijon" jamoasi uchun "chempionlik karidori"ni tashkil qilib erishdi. Bu ish uchun bekobodliklarga respekt

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика