So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

"Metallurg-2019": Birinchi davra sarhisobi Yangiliklar

"Metallurg-2019": Birinchi davra sarhisobi

Superliga jamoalari birinchi davra bahslarini yakunlab, qisqa muddatli tatilga yo'l olishdi.

Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'yinchilariga ham 11 iyul sanasigacha dam berildi. Biz esa fursatdan foydalanib, bosib o'tilgan yo'lga nazar tashlaymiz. Bekobodliklar 2019 yilgi mavsumning birinchi qismini o'rtachi tezlikda bosib o'tishdi, deyish mumkin. Jamoa 13 uchrashuvda 14 ochko jamg'arganligi, bu imkoniyatlaridan ellik foiz ham foydalana olmaganligini ko'rsatadi. Futbolchilar  faqatgina kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqidagina ijobiy natijani qayd etishdi.


#KlubO'YUDMT-NO
1PAXTAKOR13112037-935
2LOKOMOTIV1383224-1027
3NAVBAHOR1356221-1421
4NASAF1363418-1121
5BUNYODKOR1363416-1421
6SURXON1363414-1521
7DINAMO1346316-1618
8SO'G'DIYONA1352616-2017
9METALLURG1335515-1414
10AGMK1333716-2112
11QIZILQUM1325614-2811
12BUXORO132478-2010
13ANDIJON1316610-199
14QO'QON-19121315714-288



“Metallurg”  odatda o'z maydonidagi uchrashuvlarda raqiblarga deyarli imkoniyat qoldirmasligi bilan nom qozongan klublardan biri hisoblanardi. Ammo birinchi davra o'yinlarini kuzatar ekanmiz, bu yil bekobodliklar o'z maydonlaridagi o'yinlarda ham “mehmondo'stlik” ko'rsatishganiga shohid bo'lamiz.  O'z uyidagi o'yinlarda faqatgina 3 ta jamoa mag'lubiyat nimaligini bilmadi. Madanchilar esa  liganing “eng yosh jamoalari” – “Bunyodkor” hamda “Nasaf” futbol klublari tezligi va shiddati qarshisida ojiz qolishdi.


    

#KlubO'YUDMT-NO
1LOKOMOTIV862019-520
2PAXTAKOR761023-619
3SURXON74307-215
4DINAMO843112-915
5NASAF741212-413
6SO'G'DIYONA741211-1013
7NAVBAHOR733113-712
8METALLURG63129-510
9AGMK723211-69
10QIZILQUM72238-98
11BUNYODKOR42115-47
12BUXORO71334-116
13ANDIJON51227-95
14QO'QON-191240224-72



Safar uchrashuvlarida chempionat peshqadami paxtakorchilarning ko'rsatkichlariga havas qilsa bo'ladi. SHuningdek, “Navbahor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” jamoalarining ishtirokini ham qoniqarli baholash mumkin. Mehmonda eng omadsiz o'ynagan jamoalar orasida esa “Metallurg”, “Andijon”, “Dinamo” hamda “Qizilqum” jamoalarini ko'rsatish mumkin. Bu klublari hali safarda g'alaba qozonishmagan.


    

#KlubO'YUDMT-NO
1PAXTAKOR651014-316
2BUNYODKOR942311-1014
3NAVBAHOR62318-79
4NASAF62226-78
5LOKOMOTIV52125-57
6SURXON62047-136
7QO'QON-1912913510-216
8SO'G'DIYONA61145-104
9METALLURG70436-94
10BUXORO61144-94
11ANDIJON80443-104
12QIZILQUM60336-193
13DINAMO50324-73
14AGMK61055-153



Murabbiylar shtabi birinchi davra o'yinlarida 22 futbolchining xizmatlaridan foydalandi. Faqat bir nafar o'yinchi – himoyachi Abbos Otaxonov barcha uchrashuvlarda maydonga chiqdi va o'zgarishlarsiz to'p surdi. Abbosdan tashqari  Bahrom Abdurahimov ham ilk davraning barcha uchrashuvlarida maydonga chiqdi. Biroq Bahrom bazi o'yinlarda zahiradan bahsga qo'shilgan bo'lsa, bazan o'rnini boshqa futbolchiga bo'shatib berdi. SHuningdek, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Kamoliddin Tojiev, Islombek Isoqjonovlarga ham murabbiylar katta ishonchi bildirishdi. Bu mavsum Mahmud Qudratullaev, SHahzodbek G'ofurbekovlar kuchlilar safida debyut o'yinlarini o'tkazishganligini ham etirof etib o'tmoqchimiz.

Jamoa to'purarlari ro'yxatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda himoyachi Stanislav Andreevning peshqadamlik qilayotganligini ko'ramiz. Stanislav uchala golini ham standart vaziyatdan – penaltidan kiritdi.  Birinchi davrada bekobodliklardan 9 nafar o'yinchi o'z hisobiga gollar yozib qo'yishdi.

Ogohlantirishlar borasidagi ko'rsatkichlarni sarhisob qilarkanmiz, tartib intizom borasidagi ishlar ko'ngildagidek emasligiga shohid bo'lamiz. Birinchi davrada bekobodliklardan 22 nafar o'yinchi maydonga tushgan bo'lsa, ulardan faqatgina 6 nafari o'z qarshisida sariq kartochka ko'rishmadi xolos. Eng ko'p jazolangan futbolchi lar Ibrohim Yo'ldoshev hamda Muzaffarjon Muzaffarovlar bo'lishdi. Ular sariq kartochkalar bois bittadan o'yinni o'tkazib yuborishga ham ulgurishdi. Birinchi davradan keyin xuddi shunday xavf yana 3 nafar o'yinchida bor.


FutbolchiAmpluaTug'.sanaO'yinMinGolSKQK
Otaxonov AbbosHim25.08.1995131170130
Andreev StanislavYahm06.05.1988131114320
Ismatullaev AkbarHim10.01.1991131077010
Mullajonov SHavkatHim18.01.198613955020
Abdurahimov BahromYahm11.12.198813909120
Tojiev KamoliddinHim03.05.198312971010
Isoqjonov IslombekHuj29.04.199312937110
Tumasyan SergeyHuj31.01.199012585110
Muzaffarov MuzaffarYahm12.04.199511867240
Yuldashev IbrohimHim05.06.19999388040
Lobanov AleksandrDar04.01.19868720030
Nurulloev SuhrobYahm04.01.19988479010
Abdullaev ZohidHuj25.05.19848452220
Pardaev BahodirHuj26.04.19877353200
Jeparov ServerYahm03.10.19826399210
SHipilov AndreyHim23.07.19996380010
Safoev ZafarDar24.06.19915450000
Isaev MuhammadYahm01.09.19945196030
Usmonov DoniyorHuj06.07.19944214000
Qudratillaev MahmudjonHuj25.05.20002144000
G'ofurbekov SHahzodbekYahm19.09.1998190000
Toshqo'ziev AbrorbekHim09.04.1998155000




Yoshlar birinchiligini bekobodliklar juda ko'tarinki kayfiyatda boshlagan, hatto bir necha turlar peshqadamlik ham qilishgandi. Ammo keyinchalik yosh metallurgchilar musobaqa tempiga bardosh bera olishmadi va musobaqa jadvalining o'rta pog'onalariga tushib qolishdi. Jamoa o'z imkoniyatlaridan ellik foiz foydalandi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика