So’nggi yangiliklar

23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  2 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  0 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  1 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  13 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  22 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  5 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  15 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  169 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1

“Metallurg”: 2017 yilgi mavsum sarhisobi Yangiliklar

“Metallurg”: 2017 yilgi mavsum sarhisobi

Teglar :  MetallurgOliy liga
Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan “Metallurg” yakunda o'z ko'rsatkichlarini ijobiy tomonga o'zgartira oldi va chempionatni kuchli o'ntalikda yakunladi.

Bu bilan jamoa oliy ligadagi mavqeini saqlab qoldi. “Metallurg” jamoasi o'tkazilgan 30 ta uchrashuvning 12 tasida g'alaba qozondi, 4 ta o'yinda durang o'ynadi va 14 tasida esa imkoniyatni boy berdi. Raqiblar darvozasiga 40 bora yo'l topa olgan bekobodliklar o'z darvozalaridan bitta kam – 39 ta gol o'tkazib yuborishdi va 40 ochko jamg'arishdi.
“Metallurg” 1998 yildan oliy ligadan qatnashib kelayotgan bo'lsa, mavsumni ikkinchi marta 10-pog'onada yakunlamoqda. Bungacha jamoa 2012 yilda shunday natijani qayd etgan edi. “Metallurg”ning eng yaxshi ishtiroki 2002 (5-o'rin), 2010, 2013 (6-o'rin) yilgi mavsumlarga to'g'ri keladi.

Bugungacha “Metallurg” oliy liga musobaqalarida 584 ta uchrashuv o'tkazgan: 193 ta g'alaba, 118 ta durang, 273 ta mag'lubiyat. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan gollar farqi – 737:929.


Mavsum gvardiyachilari


“Metallurg” murabbiylari 2017 yilgi chempionat davomida 27 futbolchining xizmatidan foydalanishdi. Uchrashuvlarda maydonga eng ko'p tushgan futbolchi kutilganidek jamoa sardori Hikmat Hoshimov bo'ldi. U barcha 29 o'yinda jamoa azolarini maydonga boshlab tushdi. “Obod”ga qarshi ikkinchi davra uchrashuvi o'tkazilganida ehtimol yuz foizlik natijaning ham guvohi bo'lardik.H.Hoshimov faqatgina “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda almashtirildi, qolgan barcha uchrashuvlarda maydonda to'liq harakat qildi. Sardordan keyingi ko'rsatkich yosh yarim himoyachi Sanjar Qodirqulovga tegishli – 28 uchrashuv. Bu ikki o'yinchidan tashqari Zohid Abdullaev (26), Ayubxon No'monov (25), Islombek Isoqjonov (25), Murodjon Toshmatov (25), Doniyor Odilov (23), Mirg'iyos Sulaymonov (23), Jahongir Abdumo'minov (23),  Alisher Ziyovuddinov (21) lar yigirmatadan ziyod uchrashuvlarda maydonga chiqishgan. Ikkinchi davradan bekobodliklar safiga qo'shilgan Abror Husinov ham o'zi uchun yuz foizlik natijani qayd etdi – 14 uchrashuv.


Soatlar, daqiqalar, soniyalar...


Futbolchilarning maydonda o'tkazgan vaqtidan kelib chiqib tahlil qiladigan bo'lsak, bu borada ham Hikmat Hoshimov peshqadamligini ko'ramiz – 2583 daqiqa. Undan keyingi pog'onalarda Zohid Abdullaev (2330), Murodjon Toshmatov (2077), Mirg'iyos Sulaymonov (2025) hamda Jahongir Abdumo'minovlar (2017) borishmoqda. Grossmeysterlarimiz ikki ming daqiqalik dovondan oshishgan. Islombek Isoqjonov (1874), Ayubxon No'monov (1857), Zafar Safaev (1710), Alisher Ziyovuddinov (1700), Doniyor Odilov (1612), Sanjar Qodirqulov (1459) va Davronbek Karimqulov (1350) larning maydonda o'tkazgan vaqti ham etiborga molik.


Gollar...


Jamoa qayd etgan natijada shubhasiz darvozalarga kiritigan gollar muhim ahamiyat kasb etidi. To'purarlik borasida mana bir necha mavsumdirki Zohid Abdullaev etakchilik qilayapti. Bu yilgi chempionatda ham bombardirimiz o'z hisobiga o'ntadan ziyod gol yozib qo'ydi – 12 gol. Undan keyingi natijani Ayubxon No'monov qayd etdi – 4 gol. Murodjon Toshmatov, Alisher Ziyovuddinov, Islombek Isoqjonovlar raqib darvozasiga 3 martadan gol urishgan bo'lishsa, Dilmurod Karimov, Jahongir Abdumo'minov va Islomjon Qobilovlar dublga erishishdi – 2 tadan gol. Doniyor Odilov, Sanjar Qodirqulov, Sirojiddin Allaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Muhammadodil Qahramonov, Muhammadjon Sultonov va Dostonbek Tursunovlar bir martadan gol nashidasini surishdi.


Darvozabonlar...


“Metallurg” jamoasi darvozasini mavsum davomida 4 nafar darvozabon qo'riqladi. Ulardan faqatgina Akobir Qayumov yoshlar ligasida o'ynadi, asosiy tarkibga jalb etilmadi. Asosiy tarkiblarda eng ko'p maydonga chiqqan darvozabon Zafar Safaev bo'ldi. Safaev birinchi davrada 6 ta, ikkinchi davrada esa 13 ta o'yinda darvozada turdi va 29 bor o'z darvozasi to'ridan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Bitta o'yinga o'rtacha 1,52 tadan gol to'g'ri keladi. Zafar Safaev 5 ta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Darvozasi tomon belgilangan ikkita penaltidan bittasini qaytardi. Suhrobjon Sultonov esa 9 ta o'yinda maydonga chiqib, 10 ta gol o'tkazib yubordi, 2 ta uchrashuvni “quruq” o'tkazdi. Sultonov o'rtacha bitta o'yinda o'rtacha 1,11 tadan gol o'tkazib borgan, gollardan birini raqiblar 11 metrlik jarima zarbasidan urishgan. Uchinchi darvozabon Timur To'ychiev faqat bitta uchrashuvda, “Qizilqum”ga qarshi safar uchrashuvida darvozani qo'riqladi va 2 ta gol o'tkazib bordi.


Penaltilar, avtogollar...


2017 yilgi mavsumda “Metallurg” ishtirokidagi o'yinlarda hakamlar 7 marta 11 mertlik nuqtani ko'rsatishdi. 4 marta bekobodliklar, 3 marta esa raqiblar penalti tepishdi. “Metallurg” 4 ta imkoniyatning faqat bittasini golga aylantirgan – “SHo'rtan”ga qarshi birinchi davra uchrashuvida Dilmurod Karimov maqsadiga erishgan. Amalga oshirilmagan penaltilar esa “Mashal” (Dilmurod Karimov), “Bunyodkor” (Mirg'iyos Sulaymonov) va “Dinamo” (Hikmat Hoshimov) jamoalari bilan o'yinlarda kuzatilgan. Bekobodliklar darvozasiga “Olmaliq” (S.Sultonov darvozasiga) va “So'g'diyona” (Z.Safaev) jamoalari penaltidan gol urishgan. “Bunyodkor” o'yinchisi Dostonbek Hamdamovning zarbasini esa Zafar Safaev birinchi davra uchrashuvida to'sishga erishgandi.

“Metallurg” ishtirokida 3 ta avtogol qayd etilgan. 1-turda “Dinamo” bilan o'yinda Davronbek Karimqulov o'z darvozamizga gol urib qo'ygan bo'lsa, “Qizilqum” o'yinchisi Fayzulla Qambarov va “Qo'qon 1912” sardori Murod Xolmuhamedovlar “Metallurg” foydasiga avtogolga mualliflik qilishgan.


Ogohlantirishlar...


2017 yilgi mavsumda “Metallurg” jamoasi o'yinchilari qarshisida hakamlar jami 62 marta sariq kartochka ko'tarishgan. Eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi Jahongir Abdumo'minov bo'ldi. U sakkiz marta “sariq” jazoga tortilgan. SHiddatkor hujumchimiz Zohid Abdullaevni hakamlar bilan 7 marta “tortishgan”. Doniyor Odilov 5 marta, Murodjon Toshmatov, Davronbek Karimqulov, Alisher Ziyovuddinov va Islombek Isoqjonovlar 4 martadan tartibga chaqirilishgan.

Ayubxon No'monov, Zafar Safaev, Muhammadjon Sultonovlar qarshisida 3 martadan, Dilmurod Karimov, Sanjar Qodirqulov, Dostonbek Tursunov hamda Islomjon Qobilovlar qarshisida 2 martadan, Hikmat Hoshimov, Muhammadodil Qahramonov hamda Suhrobjon Sultonovlar qarshisida 1 martadan sariq kartochka ko'tarilgan.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика