So’nggi yangiliklar

23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  0 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  8 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  11 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0 19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  5 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  13 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  4

Mesut Ozil Germaniya terma jamoasidan ketdi. Futbolchining bayonoti (to'liq) Yangiliklar

Mesut Ozil Germaniya terma jamoasidan ketdi. Futbolchining bayonoti (to'liq)

Teglar :  Mesut Ozil
Kecha, 22 iyul kuni yarim himoyachi Mesut Ozil Germaniya terma jamoasini tark etgani haqida malum qildi.

Futbolchi bu haqida "Instagram"dagi sahifasida elon qildi.

Siz nemis futbolidagi yil mojarosidan xabardor bo'lsangiz kerak. Ushbu mojaro Mesut Ozil va Ilkay Gyundoganning Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'on bilan tushgan suratidan so'ng (surat ostiga Gyundogan quyidagi so'zlarni qo'shgan: "Mening hurmatli prezidentim bilan") paydo bo'ldi. Ko'plab nemislar buni sotqinlik deb hisobladi. Ha, futbolchilarning ota-onasi turklar, ammo ikki o'yinchi Gelzenkirxenda tug'ilgan va bolaligidan Germaniya sharafini himoya qilishgan.

Gyundogan bu haqida bir necha marotaba chiqishlar qildi, ammo Ozil o'z bayonotini kecha elon qildi.

Ozil bayonotini to'liqligicha etiboringizga havola qilamiz.

Erdo'g'on bilan uchrashuv haqida

Oxirgi bir necha haftada so'nggi oylarda sodir bo'lgan voqealar haqida o'ylashga vaqt bo'ldi. Fikrlarim va tuyg'ularim bilan bo'lishmoqchiman.

Ko'pchilik kabi mening kelib chiqishim bir mamlakatga bog'liq emas. Germaniyada katta bo'ldim, ammo oilam "tomiri" turklar. Bolaligimda onam meni hammani hurmat qilishga va qaerdan ekanligimni unutmaslikka o'rgatgan. Bu narsalarni hozirgacha eslayman.

May oyida London shahrida xayriya tadbiri paytida prezident Erdo'g'on bilan uchrashdim. 

Biz 2010 yilda tanishganmiz, o'shanda u va Angela Merkel Berlinda Germaniya - Turkiya uchrashuvini tomosha qilishgan. SHundan so'ng yo'llarimiz turli mamlakatlarda ko'p tutashdi. Bizning suratimiz nemis mediasida katta noroziliklarga sabab bo'lganini bilaman. Bazilar meni yolg'onchilikda ayblamoqda, ammo bu surat siyosiy ahamiyatga ega emasdi. Onam menga kelib chiqishimni va oilaviy ananalarni unutishgan imkon bermagan. Erdo'g'on bilan surat men uchun - bu siyosat yoki saylovlar emas. SHu yo'sinda oilam mamlakatiga hurmat bajo keltirdim. Mening ishim - futbolchilik, siyosat emas, uchrashuvimiz kimningdir siyosatini qo'llab-quvvatlash maqsadida bo'lmagan. Biz har doimgidek futbol haqida suhbatlashdik. Erdo'g'on ham yoshligida futbolchi bo'lgan.

Nemis mediasi buni boshqa rangda ko'rsatdi, ammo haqiqat shundaki, prezident bilan uchrashmaslik hozir men bilan faxrlanishi mumkin bo'lgan oilam "tomiri"ga hurmatsizlikni anglatardi. Men uchun kim prezidentligi emas, u prezident bo'lishi muhim edi. Turkiya prezidentimi yoki Germaniya - o'zimni bir xil tutgan bo'lardim.

Ha, buni tushunish qiyin bo'lishi mumkin. Turkiyada prezident sifatida kimni tanlashmasin, baribir suratga tushgan bo'lardim.


Media va homiylar haqida

Men dunyoning eng kuchli 3ta ligasida o'ynagan futbolchiman. Omadim kelgan, chunki Bundesliga, LaLiga va Premer-ligadagi do'stlarim meni qo'llab-quvvatlashadi. Faoliyatim davomida media bilan muloqot qilishni o'rgandim.

Ko'pchilik o'yinim haqida gapirishadi - kimdir maqtaydi, kimdir tanqid qiladi. Agar gazeta va mutaxassis xato topsa, bunga qo'shilaman - ideal emasman, ko'pincha bunday narsalar meni ilhomlantiradi. Ammo nemis mediasi kelib chiqishim va suratim jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlik keltirdi deyishiga qo'shilmayman.

Nega mening suratim Rossiyadagi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo'lishi mumkin? Ular mening yoki milliy jamoaning o'yinini qoralashmadi, ular mening kelib chiqishimni, o'z tarbiyamga bo'lgan hurmatimni tanqid qilishdi. Ular o'tish mumkin bo'lmagan chegaradan chiqishdi. Gazetalar butun Germaniyani menga qarshi qo'yishga harakat qilmoqda.

Yana meni mediadagi ikki xil standartlar jahlimni chiqaradi. Lotar Matteus bir necha kun oldin jahonning boshqa etakchisi bilan uchrashdi, ammo deyarli hech kim uni tanqid qilmadi.

U Germaniya terma jamoasining faxriy sardori, biroq undan tushuntirish so'rashmadi, etirozlar yo'q. Agar gazetalarning fikricha, meni JCHga olib ketmaslik kerak bo'lganida, unda Matteusni faxriy sardorlikdan chetlatish kerak. Nahotki mening kelib chiqishim ular uchun mos nishon?

"Hamkorlik" so'zi - yaxshi va yomon kunlarda qo'llab-quvvatlashni anglatadi deb o'ylardim. Yaqinda men va ikki do'stim xayriya loyihasi doirasida Gelzenkirxendagi "Berger Feld" maktabiga borishni rejalashtirayotgan edik. Migrantlar farzandlari, kambag'al oiladagi bolalar va boshqalar birga futbol o'ynashi va jamiyatda hayot qoidalarini o'rganishi uchun bir yil davomida loyihani moliyalashtirdim. Biroq mundialga ketishdan bir necha kun oldin, hamkorlarim bu paytda men bilan ishlashni istamadi. Bundan tashqari, maktab vakillari menejerlarimga meni bu vaqtda ko'rishni istamayotgani haqida aytishdi. Erdo'g'on bilan suratim tufayli ular gazetadan qo'rqib qolishdi.

To'g'risini aytsam, og'ir botdi. Men u erda o'qiganman, endi esa meni keraksiz sifatida his qilishga majburlashdi.

Mendan yuz o'girgan yana bir hamkor bor (Mercedes). Ular nemis futbol ittifoqi bilan ham ishlagani tufayli, jahon chempionatidan oldin mendan promo-rolikda suratga tushishni so'rashdi. Ammo Erdo'g'on bilan suratimdan so'ng meni barcha roliklardan olib tashlashdi. Ular men bilan boshqa ishlashni xohlashmadi va bu vaziyatni "inqiroz-menejment" deb nomlashdi. Kulgili, chunki ularning mahsuloti noqonuniy programmaga ega ekanligi elon qilingan edi (Mercedes zararli gazlar miqdorini kamaytirib ko'rsatuvchi programmadan foydalanishda ayblanmoqda). Yuz minlab mashinalar qaytarib olinmoqda. Terma jamoada meni tanqid qilishdi va harakatlarim borasida tushuntirish so'rashdi. Terma jamoa homiyidan hech qanday rasmiy bayonot so'ralmadi. Nega? Bu oilam prezidenti bilan suratga tushishdan yomonroq bo'lsa kerak? 

Yana bir bor qaytaraman: "Hamkorlar" seni har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlashi kerak. Adidas, Beats va BigShoe fantastik sodiqlik ko'rsatishdi, bu vaqtda ular bilan ishlash rohat bag'ishlaydi. Ular nemis mediasi tarqatgan yolg'ondan yuqoriroqda edi. Jahon chempionati paytida BigShoe bilan ishladim va Rossiyadagi 23 bolakayning operaciyasiga yordam berdim. Xuddi shunday ishni Braziliya va Afrikada ham qilganman. Bu futbolchi sifatida qila oladigan asosiy ishim, ammo gazetalarda buni yozish uchun joy yo'q.


Terma jamoadan ketish haqida

So'nggi oylarda Nemis futbol ittifoqi va ushbu tashkilot prezidenti Raynxard Grindelning harakatlari meni asabiylashtirdi. Erdo'g'on bilan suratdan so'ng, Yoaxim Lyov tatilni to'xtatib, Berlinda birga bayonot berib, mavzuni yopishni so'radi. Grindelga hammasini tushuntirmoqchi bo'lganimda, unga o'zining siyosiy qarashlari muhimligi bilinib qoldi. Bor etiborni futbol va jahon chempionatiga qaratishga qaror qildik. Jurnalistlar menga tashlanib qolmasligi uchun Nemis futbol ittifoqi uyushtirgan matbuot-anjumanlarida ishtirok etmadim.

Bu vaqtda Germaniya prezidenti Frank-Valter SHtaynmeyr bilan uchrashdim. Grindeldan farqli ravishda, prezident o'zini professionaldek tutdi. Unga oilam, kelib chiqishim va qarorlarim haqidagi gaplarim qiziq edi. Uchrashuvda men, Ilkay va SHtaynmayer bor edi, bu o'z siyosiy qarashlarini olg'a surgan Gridelning jahlini chiqardi. Biz prezident bilan yuzaga kelgan vaziyat borasida rasmiy bayonot berishga qaror qildik. Ammo birinchi bayonot Grindel tomondan emas, SHtaynmyer ofisidan bo'lishi nemis futbol ittifoqi prezidenti jahlini chiqardi.

Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng, turnirdan oldin qabul qilgan qaror tufayli Grindelga bosim o'tkazishmoqda. Bu adolatdan. Oldinroq, u menga yana tushuntirish berishim kerakligini aytdi va jahon chempionatidagi omadsizlikda meni ayblashga urindi. Grindel sifatli ishlay olmagani tufayli endi aybdor bo'lishni istamayman. Surat tufayli u meni terma jamoadan chetlatmoqchi edi. Ammo Yoaxim Lyov va Oliver Birxoff yonimni olishdi.

Grindel va uning ittifoqdoshlari ko'zi bilan qarasak, g'alaba qozonsam nemisman, mag'lub bo'lsak migrantga aylanaman. Germaniyada soliq to'layman, nemis maktablariga xayriya qilaman, Germaniya bilan jahon chempioni bo'ldim, ammo jamiyat hali ham meni qabul qilmayapti. Meni "boshqa" deb hisoblashmoqda. 2015 yilda "Nemis futboli elchisi"ga aylandim. Endi esa nemis emasmanmi? Men to'g'ri kelmaydigan talablar bormi? Do'stlarim Lukas Podolski va Miroslav Klozelarni polshalik nemislar deyishmaydi, nega endi men turkiyalik nemisman? Gap bu Turkiya ekanligidami yoki musulmonligimda? Men Germaniyada tug'ilib, shu erda talim oldim. Nega odamlar nemis ekanligimni tan olishmaydi?

Grindel kabi fikrlaydiganlar ko'p. Nemis teatri rahbari Verner SHteer Anatoliyaga, turklar yashaydigan shaharga ketishimni talab qildi. Qaytarib aytaman, oilamning kelib chiqishini tanqid qilish - chegaradan chiqishdir.

Raynxard Grindel, xafsalam pir bo'ldi, ammo harakatlaringizdan hayron bo'lganim yo'q. 2004 yilda multimadaniyat - afsona va yolg'on ekanligini aytgan edingiz. Siz ikki fuqarolikka va pora uchun jazoga qarshi chiqqan edingiz.

Ko'pchilik bilan xuddi shunday muomalada bo'ldi va Germaniya terma jamoasi futbolkasini kiyish niyatim yo'qqa chiqdi. O'zimni keraksizdek his qilyapman. Odamlar 2009 yildan beri nimalarga erishganini unutishgan ko'rinadi. Irqchilikka aloqador insonlar terma jamoani boshqaradigan dunyoning eng yirik futbol federaciyasida ishlamasligi kerak.

Irqchilik va hurmatsizlikni his qilar ekanman Germaniya terma jamoasida boshqa o'ynamayman. Terma jamoa futbolkasini g'urur bilan kiyganman, ammo bu ortda qoldi. Juda qiyin qaror, chunki jamoadoshlarim, murabbiylar va Germaniya fuqarorali uchun bor kuchimni ishga solganman. Biroq Nemis futbol ittifoqining muhim mansabdorlari menga shunday munosabatda bo'lishda davom etar ekan, etar, bas. Men bu uchun futbol o'ynayotganim yo'q. Qo'limni qovushtirib o'tirmayman. Irqchilikka chidab bo'lmaydi.

Mesut Ozil

Reyting: +146   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика