Mesut O'zil Istanbulda
18 jan 2021 07:25
Yangiliklar


Mesut O'zil Istanbulda
"Fenerbaxche" germaniyalik yarim himoyachi Mesut O'zilning transferni yakunlash uchun Istanbulga kelgani haqida xabar berdi.
O'zil Turkiya poytaxtiga kelishidan oldin qisqa intervyu berdi: "Men - "Fenebaxche" muxlisiman. SHu sabab men Turkiyaga yo'l olishdan va u erga o'tishdan juda ham mamnunman. Juda hayajondaman.
Xudo menga "Fenerbaxche" muxlisi sifatida ushbu libosni kiyin imkoniyatini berdi. Xudo xohlasa uni g'urur bilan kiyaman va bor kuchim bilan jamoa uchun barchasini qilaman.
Albatta, menga o'yin amaliyoti etishmayapti. Men anchadan beri maydonga tushmadim, ammo men yaxshi formadaman va muammo yo'q".
Eslatib o'tamiz, so'nggi bir necha yillarni "Arsenal"da o'tkazgan xavbek joriy mavsumda maydonga tushmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar