"Messisiz zerikib qolayotganim yo'q" - Krishtianu Ronalduning Italiyada birinchi katta intervyusi
12 dek 2018 11:26
Yangiliklar
"Messisiz zerikib qolayotganim yo'q" - Krishtianu Ronalduning Italiyada birinchi katta intervyusi
Aytish mumkinki, bu Ronalduning Turin klubiga ko'chib o'tganidan beri birinchi katta intervyusi bo'ldi.
- 10 iyul - 10 dekabr. "Yuventus"ga kelganingizdan beri oradan besh oy o'tdi. Bu erda 150 kun o'tkazgan futbolchi sifatida "Yuve", Turin va Italiya haqida nima deya olasiz?
- Men bu erda ekanimdan juda xursandman. G'aroyib shahar, ajoyib muxlislar. "Yuventus" - tashkilotchilik tomonlama fantastik klub. Futbolchilar ham professional, hamma ko'p ishlaydi. Umuman olganda hammasidan hayratdaman.
- Sizni hammadan ham ko'p hayron qoldirgan futbolchilar bormi?
- Kimnidir ajratib ko'rsatish to'g'ri emas. Bu men o'ynagan eng yaxshi jamoa. Bu erda hech kim o'zini birovdan ustun ko'rmaydi. Barcha bir maqsad yo'lida harakat qilib ishlayapti. Agar Dibala va Manjukich gol urmasa ham baribir yaxshi kayfiyatda yurishadi. Bu esa men uchun nihoyatda muhim. Madridda ham hamma professional edi, biroq u erda ishga bo'lgan qarash bu erdagidan farq qiladi. "Yuventus" - katta oila.
- Fevralda ECHLda "Real" bilan to'qnash kelishingiz mumkin. SHunday qura bo'lishini xohlarmidingiz?
- Menga farqi yo'q. O'tmish - bu o'tmish. Men esa ayni paytda "Yuve" bilan zafar quchishni xohlayman. Boshqasi muhim emas. Agar biz "Real"ga qarshi tushsak, bor kuchim bilan o'ynayman.
- Ko'pchilik Marselo, Isko va yana boshqa futbolchilarning "Yuve"ga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida gapiryapti. Ularni yana bir jamoada ko'rish ajoyib bo'larmidi?
- Men shuningdek, Xames, Beyl, Asensio haqida yozishganini ham ko'rdim. Lekin to'g'risini aytsam, hozir "Yuventus"ga yangi futbolchilar kerak emas. Ammo baribir bu haqda klub prezidenti bilan gaplashgan maqul. Marselo - kuchli futbolchi, "Yuve" eshigi esa kuchlilar uchun hamisha ochiq.
- Bu erga ko'chib o'tish eng yaxshi variant ekanini tushunib etgan paytingiz bo'ldimi?
- Menda bir nechta variant bor edi. Ammo kimlardan ekanini aytmayman. "Yuventus" katta tarixga ega barqaror klub. Bu jamoa oxirgi paytlarda ikki marta ECHL finalida o'ynadi. A seriyada esa qatorasiga etti bor zafar quchdi. Men bu jamoaga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarni yaxshi eslayman. Stadiondagi muhit juda ajoyib bo'lardi. Klubga nisbatan prezident va muxlislarning etiborini o'sha paytdayoq his qilganman. SHu bois hozir adashmaganimga 100 foiz aminman.
- "Yuve", MYU va "Real" o'rtasidagi asosiy farq nimada?
- Italiyada mentalitet boshqacha. Jamoalar hujumdan ko'ra himoyani ko'proq o'ylashadi. O'yinni tashkil qilish ham boshqacha. Ispaniyada hamma o'zini erkin his qiladi, bu erda esa hamma jiddiy.
- Boshqa murabbiylar bilan taqqoslab Allegri haqida nima deya olasiz?
- Nimanidir ajratib ko'rsatishim qiyin, chunki birga ishlayotganimizga hali ko'p bo'lmadi. Allegri - katta professional, ajoyib murabbiy, jiddiy va shu bilan birga quvnoq ham. Uning yaxshi xislatlaridan biri faqat yuzingga gapiradi, hech narsani bekitmaydi. U shunchaki havoga gapirmaydi. U futbolchilardan biriga hadeb dribling qilmasdan yugur va to'pni oshir degandi. Juda halol inson. U futbolchilarni koyigani bilan keyin bo'ynidan quchoqlab qo'yadi.
- Mashg'ulotlardan keyin nimadir ustida bahslashasiz. Allergi ham aralashadimi?
- Yo'q. Asosan Dibala, Manjukich, Xedira va men. 99 foiz bahslarda men yutaman, bir qancha evro yoki vino yutib olaman. Yutug'imni esa kiyim almashtirish xonasida olaman: uch shisha vino va 200-300 evro.
- Messi bilan umrbod "jang" - siz uni engdingizmi?
- Bu men bilan Messi orasidagi "jang" emas. Men o'z ishimni qilaman, qaysi klubda to'p tepmay g'alaba qozonishga harakat qilaman, bu esa men uchun juda muhim. Menga kimdir bilan o'zaro solishtirishlari yoqmaydi. Bu to'g'ri emas. Men hech kimga nimanidir isbotlashga majbur emasman. Faoliyatimda o'zgarish ro'y berdi, yangi chaqiriqni qabul qildim va hozir boshqa klubda o'ynayapman. Har doim kuchli futbolchi bo'lib qolishni xohlayman.
- Sizga bu erda Messi etishmayaptimi?
- Balki unga men etishmayotgandirman. Men Angliya, Ispaniya, Italiya, Portugaliyada o'ynadim, u esa faqat bitta joyda to'p tepyapti. Men uchun hayot bu chaqiriq, odamlarga quvonch ulashishni xohlayman. Agar Messi Italiyaga kelsa zo'r bo'lardi. Ammo u "Barselona"da xursand bo'lsa, uning qarorini hurmat qilaman. Messi - fantastik darajadagi futbolchi va yaxshi inson. Lekin uni sog'inib qolayotganim yo'q. Bu erda yangi hayot kechiryapman va hammasi joyida.
- Yangi hayotda yana ECHLda g'olib bo'lishingiz mumkin.
- Futbol - individual sport turi emas. Men o'zimga ishonaman, lekin baribir futbol jamoaviy o'yin. Albatta, biz ham zafar quchishni xohlaymiz, faqat bu haqda xotirjam o'ylash kerak.
- "Real"da ham shundaymidi?
- "Real" ko'p yil yutmagani uchun ham bosim yuqori edi. Keyin biz g'alaba qozonishni boshladik, natijada biroz erkinlikka berildik. CHempionlar ligasi orzumi? Ha, biz bunda chempion bo'lishni xohlaymiz. Ammo kubok sari qadamba qadam harakat qilish kerak. MYU bilan kechgan o'yinimizni qarang. Agar bu chorak final bahsi bo'lganida biz musobaqani tark etgan bo'lardik. SHunday ekan, futbolda omad ham kerak.
- Hafta oxirida "Torino" bilan o'ynaysizlar. Bu uchrashuvdan nima kutyapsiz?
- Menga klubimiz xodimlaridan biri shunday dedi: "Iltimos, derbini yutinglar, yo'qsa mening buvim...". Bu erga kelib shuni tushunib etdimki, "Yuve" ikkita jamoa bilan o'yinlarda aslo mag'lub bo'lishi kerak emas: "Inter" va "Torino". Derbilar menga yoqadi, unda g'alaba qozonish ikki hissa zavq bag'ishlaydi.
- Futbolchi va inson sifatida qaysi tomonlama yaxshi bo'lishni xohlaysiz?
- Maydonda har doim tayyorman. Doim shug'ullanaman, chunki mashg'ulotsiz formani yo'qotib qo'yishing mumkin. "Yuventus"ga kelib ko'p narsa o'rgandim va hamon o'rganishda davom etyapman. Ko'proq Dibala, Manjukich va Kosta bilan qanday o'ynash kerakligi ustida bosh qotirishim kerak.
- Italiyada sizga idel futbolchi sifatida qarashadi. Kamchiligingiz haqida deyarli gapirishmaydi. Sizda kamchilik bormi?
- Bir narsa deyish qiyin. Men kundan kunga o'sishni va yanada yaxshi harakat qilishni xohlayman. Yaqinda belim og'rib qoldi, chunki haddan tashqari zo'riqish olibman. SHunda jamoa murabbiylari bitta mashg'ulotni aytishdi. O'shani bajardim va og'riq ketdi. Men o'z tanamni juda yaxshi bilaman deb o'ylardim, lekin maslahat foyda berdi.
- Hayotda-chi?
- Hayotda hech kim ideal emas. Bundan olti-etti yil avval men jim turmasdim. Hozir esa bu borada muammo yo'q. Kamchiliklarmi? Kamchilik menda aniq bor va yo'qotishga harakat qilyapman.
- Krishtianu Ronaldu Krishtianu Ronaldu ekanini qachon tushunib etgan?
- Bazan do'stlarim va qarindoshlarim aytib qolishadi: "Sen Krishtianu Ronaldu ekaningni bilasanmi? Senga buni, buni, buni qilish mumkin emas". Men esa ko'p hollarda o'z darajamni unutib qo'yaman, lekin bu yaxshi. Agar ko'p sovrinlarni yutdim, ko'p pul topdim, muvaffaqiyatga erishdim deb o'ylasam o'z ustimda ishlamay qo'yaman. Men imkon qadar hali hech narsaga erishmagan kishidek o'zimni tutaman. Lekin bazan Krishtianu ekanligimni unutib qo'yish menga yoqadi.
- Sizda muxlislar bilan munosabat qanday?
- Men hamma bilan ochiqko'ngil bo'lishga harakat qilaman, ammo bu qiyin. Ayniqsa Italiyada . Odamlarda meni ko'chada tanib qolishadi, mashinani to'xtatib suratga tushishadi. Men dunyodagi eng yaxshi inson emasman, lekin barchaga hurmat bilan qarashga intilaman. Ayniqsa bolasi yonida turgan odamlarga.
- Italiyalik bolalar Krishtianu Ronaldu nima ovqat eydi deb rosa qiziqishadi. Ular ham sizga o'xshab kuchli bo'lishni xohlaydi.
- Men sog'lom turmush tarziga amal qilaman, shirinlik deyarli emayman. Spirtli ichimliklar ichmayman. Sog'lom bo'lishning uchta qoidasi bor: yaxshi uxlash, yaxshi ovqatlanish va yaxshi shug'ullanish.
- Hayotingizdagi eng baxtsiz kun?
- 2005 yilda otam vafot etgan kun. Qabul qilishim juda mushkul bo'lgandi, ammo bu hayot.
- To'y haqidagi gaplar haqiqatmi?
- Hozir hammasini tushuntiraman. Men har hafta cherkovga boraman. Har doim. Men katolikman va Xudo tomonidan nima berilgan bo'lsa hammasi uchun minnatdorman. Bir gal borganimda jurnalist meni ko'rib qolibdi va bular turmush qurdi deb o'ylagan. Ammo hozircha to'y rejalarimga kirmagan. Balki kelajakda ko'rarmiz.
- Oxirgi savol: "Oltin to'p" qanchalik muhim?
- O'ylamaynki, bu sovrinni yutishga har yili munosibman. Men shuning uchun ishlayman. Ammo boshqalarning qarorini ham hurmat qilaman. Raqamlar aldamaydi, men jamoam yutishi uchun har doim bor kuchimni berganman. Sovrinni boshqa futbolchiga berishlarini ko'rib xafa bo'lmaganman. Siz o'ylaysizki, uyga kelib jahlim chiqadimi? Yo'q, albatta. Albatta, o'yga tolaman, lekin hayot shu bilan to'xtab qolmaydi-ku. Modrichni tabriklayman, u haqli ravishda sovringa ega chiqdi. Ammo keyingi yil eng yaxshi futbolchi men bo'lishim uchun bor kuch bilan harakat qilaman.
Fikrlar