So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  0 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Messisiz kasalxonaga aylangan "Barselona" pahlavon "Bavariya"ga qarshi (prevyu) Yangiliklar

Messisiz kasalxonaga aylangan "Barselona" pahlavon "Bavariya"ga qarshi (prevyu)

UEFA CHempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Bavariya" uchrashuvi prevyusi bilan tanishing.

"Barselona"ning hujum chizig'ida etarli muammolar bor. Ular bo'lajak bahsda Lionel Messi va Antuan Grizmannsiz qadam ranjida qilishadi. Uchrashuvda kataloniyaliklarning asosiy quroli Memfis Depay bo'lishi kutilmoqda. U 3 o'yinda 2 gol urishga erishdi, shuningdek, Niderlandiya terma jamoasida so'nggi 3 o'yinda 5 bor raqib darvozabonlarini ranjitdi. Memfisga oldingi chiziqda "Sevilya"ga keraksiz bo'lib qolgan vatandoshi Lyuk de Yong yordam berishi kutilmoqda.

Messi jamoa bilan xayrlashgach, etakchilikni qo'lga olmoqchi bo'lgan Martin Breytueytga bu og'irlik qildi, daniyalik hujumchi yorqin o'yinidan so'ng to'g'ri kasalxonaga ravona bo'ldi. Umuman olganda, bugungi kunda klub stadioniga nisbatan kasalxonasi nufuzliroq ko'rinyapti. U erda Serjino Dest, Usmon Dembele, Serxio Aguero, Ansu Fati va Felipe Koutino kabi futbolchilar bugungi uchrashuvni oynai jahon qarshisida kuzatib borishadi.

"Bavariya" esa akula kabi oldinga harakatlangani sari ishtahasi ochilib bormoqda. Qarshisidan chiqqan raqibni yamlamay yutmoqda. Zariksa, raqib darvozasiga 12 talab gol urmoqda. Qolaversa, ikkala jamoa ham 15 avgust voqealarini (2:8) yodidan chiqarishmagan bo'lsa, ajabmas.

Niderlandlashayotgan "ko'k-anorranglilar" "nemis mashinasi"ga qanday sovg'a tayyorlaganini sentyabrning salqin oqshomida birgalikda kuzatib boramiz.

Statistika va faktlar

- So'nggi sakkiz o'yinning 5 tasida nemislar g'alaba qozongan bo'lsa, kataloniyaliklar atigi 2 bahsda zafar quchgan, yana bir bahsda tarozi pallalari teng kelgan;

- "Barselona" so'nggi 5 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi;

- "Bavariya" oxirgi 4 ta bahsda g'alaba qozongan;

- O'zaro so'nggi 8 uchrashuvning 6 tasida myunxenliklar mag'lub bo'lmagan;

- "Barselona" oxirgi 5 o'yinda o'rtacha 1,20 ta gol o'tkazib yuborgan;

- "Barselona" so'nggi 5 bahsda o'rtacha 2,20 ta gol urgan;

- Kataloniyaliklar oxirgi 3 uchrashuvdan buyon o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormoqda hamda so'nggi 5 o'yindan beri raqiblarini ranjitmoqda;

- "Ko'k-anorranglilar" oxirgi 3 uchrashuvdan beri "Bavariya"ga gol urmoqda;

- "Nemis mashinasi" so'nggi 5 o'yinda o'rtacha 0.80 ta gol o'tkazgan hamda 5.40 ta gol urgan;

- "Bavariya" so'nggi 5 bahsdan buyon raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика