Messining "Reyms"ga qarshi o'ynamayotgani sababi malum
09 okt 2022 00:30
Yangiliklar


Messining "Reyms"ga qarshi o'ynamayotgani sababi malum
Ayni damda PSJ safarda "Reyms"ga qarshi bahs olib bormoqda.
Ushbu uchrashuvda parijliklar forvardi Leo Messi ishtirok etmayapti. Argentinalik futbolchi ECHLning 3-turida "Benfika"ga qarshi bahsda jarohat orttirib olgan. U oyog'ining boldir qismidan noqulaylik his qilgan va zaxiraga olishlarini so'ragan. O'yindan keyin Messining boldir qismida kichik jarohat borligi aniqlangan.
Jarohat jiddiy emas, shu sababli u "Reyms"ga qarshi o'ynashi mumkin bo'lgandi. Biroq Messi yakunda qaydnomaga kiritilmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar