So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Messining o'rnini bosishi kutilgan Deulofeu hozir qaerda? Yangiliklar

Messining o'rnini bosishi kutilgan Deulofeu hozir qaerda?

O'tmishda muxlislarning diqqat markazida bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda katta sahnadan biroz chekingan futbol kishilari haqida malumot beruvchi ruknimiz davom etadi.

Bazilarning o'rnini to'ldirish imkonsiz. Masalan, futbol so'nggi 10 yilda minglab "yangi Messi"larni ko'rdi. Biroq, yuqorida aytilganidek, Leoni takrorlash mumkin emas, u bitta. 

Ruknimizning avvalgi sonlarida Alen Halilovich va Boyan Krkich haqida malumot bergandik. Bugun navbat katalon o'g'loni Jerar Deulofeuga etdi. Zero, aynan u "Barselona"da Messi erasining davomchisi bo'lishi kutilgan edi.

1994 yilda tug'ilgan Jerar 9 yoshida "Barsa" kanterasiga qabul qilindi. Keyinchalik qanot vingeriga aylanib ketgan futbolchi bolalar va o'smirlar futbolida hujumchi ortida pleymeykerlik qilardi. Iqtidori murabbiylarning ko'ziga ancha erta "suqila" boshlagan Deulofeu Ispaniyaning barcha yoshdagi terma jamoalarida etakchilardan biri edi.

"Barsa" libosida ilk golini urganida atigi 17 yoshda edi. SHu tufayli jurnalistlar uning timsolida ham yangi Messini topishdi. Mana, oradan roppa-rosa 10 yil o'tdi. O'zbek xalqining "maqtalgan qiz" haqidagi maqoli yana bir bor tasdig'ini topdi. Statistikaga qarasak, Jerar ortda qolgan dekadada "ko'k-anorrangli" libosni atigi 23 bor kiygani va bor-yo'g'i 2 golga mualliflik qilganiga guvoh bo'lamiz (bo'lajak Messi emish). 

Katalon klubi muxlislari Deulofeuning ortda qolgan yillarda "Everton", "Sevilya", "Milan", "Utford" singari klublarda to'p tepganini yaxshi bilishadi. 27 yoshli vinger joriy yilning yanvarida Italiya A Seriyasiga ko'chib o'tdi. Unda Udine shahrining "Udineze" klubi bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma bor.

So'zimiz oxirida Jerarning o'zini Messi bilan solishtirishlariga munosabatini keltirmoqchimiz. U 2018 yilda bu masalaga alohida to'xtalgan edi: "Yosh bolaning Messiga qiyoslanishi tashqi tomondan yoqimlidek tuyulishi mumkin. Ammo, bu juda dahshatli holat. OAV har kuni meni "yangi Messi" deb yozar, u bilan qiyoslardi. Bunday bosimga chidash g'oyat mushkul".

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика