Messining jahli chiqqan vaziyat yodingizdami? Lui van Gal ushbu vaziyatga izoh berdi
16 dek 2022 00:53
Yangiliklar
Messining jahli chiqqan vaziyat yodingizdami? Lui van Gal ushbu vaziyatga izoh berdi
Niderlandiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal Jahon chempionati chorak final uchrashuvida yuz bergan vaziyat haqida gapirib o'tdi. O'shanda murabbiyning o'yindan oldingi gaplaridan Lionel Messining jahli chiqqandi va urgan golini aynan van Galga qarab nishonlagandi. Murabbiyning malum qilishicha, bu shunchaki tushunmovchilik bo'lgan.
"Men Messini umuman tanqid qilmagandim. Men shunchaki, 2014 yilgi o'yinda uni yopib tashlashni uddalaganimizni aytgandim. O'shanda to'p unga bormagandi.
Argentina matbuoti esa mening gaplarimni noto'g'ri talqin qildi", -deydi Lui van Gal.
Eslatib o'tamiz, Argentina jamoasi ushbu o'yinda Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi. SHundan so'ng, "uchar gollandlar" bosh murabbiyi Lui van Gal istefoga chiqarildi.
Fikrlar