So’nggi yangiliklar

10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  0 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  2 07:42Футзал. Бугун финал!  1 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  30 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  15 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3

Messining hashamatli hayoti: Uy, yaxta, mashinalar, shaxsiy samolyot Yangiliklar

Messining hashamatli hayoti: Uy, yaxta, mashinalar, shaxsiy samolyot

Dunyoning eng yaxshi futbolchisi qanday yashayotganini etiboringizga havola qilamiz.

Lionel Messi so'nggi haftada "Barselona" bilan LaLiga chempioni bo'ldi, deyarli bir o'zi "Liverpul"ni mag'lubiyatga uchratdi. Bunday haftadan so'ng tiklanish kerak, chunki daholar ham dam olishi kerak. Messi o'z uyida, oilasi davrasida dam olishni yoqtiradi. Lionel keyingi uchrashuvlar uchun kuch to'playdigan uy qanday ko'rinishda ekanligini namoyish etamiz.


Uy

Uyning tamir ishlariga ketgan mablag' bilan hisoblagandagi narxi - 6 mln. evro.

Lionel Messining koshonasi Barselona yaqinidagi Kasteldefelse shaharchasida joylashgan.

Messining jamoadoshi Ivan Rakitich Leo haqida qiziq voqeani aytib bergan: "Messi Barselona yaqinidagi Kasteldefelsedan uy sotib olganida, uning qo'shnilari ko'p shovqin qilardi. Leo xotirjam yashash uchun ularning ham uyini xarid qildi". Aytishlaricha Messi ikki uy o'rtasiga devor qurmoqchi bo'lgan, ammo qo'shnilar sudga berish bilan tahdid qilgani uchun qo'shni uyni ham sotib olishga majbur bo'lgan.

Bu Google Maps tomonidan taqdim etilgan suratda futbolchining uyi aks etgan. Avval bu hududda maydon yo'q edi, ammo Lionel o'g'illari - Tyago va Mateo uchun futbol maydonchasi qurdirib berdi.


Hayron bo'lishingiz mumkin, ammo Messining uyi Barselona aeroporti ishiga tasir qilar ekan. "Vueling Airlines" kompaniyasi prezidenti aytishicha, Barselonadagi aeroport bir nechta qo'nish va uchish yo'laklarini qurmoqchi bo'lgan, ammo... "Sizga Messining uyi ustidan uchib o'tishga ruxsat berishmaydi. Bunaqasi dunyoning hech bir mamlakatida yo'q" - deydi aviakompaniya prezidenti.


Lionel Messining uyi uch qavatdan iborat. Uning deyarli har tarafida ayvonlar va panoramali oynalar bor. SHu tufayli uyning deyarli har bir xonasiga quyosh tushadi. Uyning ichki dizayni chiroyli o'rtaerdengizi uslubida bezatilgan. Uyda trenajer zali mavjud va formada bo'lish uchun Lionel har kuni shug'ullanishi mumkin.

Uy ajoyib bog' bilan o'ralgan. Messining xotini Antonellla bu bog'da bolalari bilan sayr qilishni yaxshi ko'radi. Leoning o'zi esa u erda it bilan o'ynashni yoqtiradi.


Yaxta

Maiora Seven C (10 mln. funt)

Malum bo'lishicha, Messining yaxtasi futbol yulduzlari orasidagi eng qimmati ekan. Uning nomi Maiora Seven C. Yaxtaning narxi 10 mln. funt. U soatiga 25 mil tezlikkacha chiqa oladi. Messi - Ibica orollari ishqibozi, shu sababli u tez-tez yaxta o'sha erga borib, do'stlari bilan dam olishni yaxshi ko'radi.


Mashinalar

Messi garajidagi umumiy mashinalarning umumiy narxi 35 mln. evro. Taxminlarga ko'ra, uning garajida 11ta mashina mavjud. Messi dunyodagi eng qimmat Ferrari mashinasini sotib olishidan avval qolgan "toychoqlar"ning narxi 3 mln. evro edi. Bir necha oy oldin Leo aukcionda 1957 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 335 S Spider Scaglietti mashinasini 32 mln. evroga sotib olgandi. Messi avtoparkida quyidagi kompaniyalarning mashinalari mavjud: Maserati, Ferrari, Audi, Mercedes, Lexus, Chrysler, Toyota, Dodge, Cadillac, Range Rover.


SHaxsiy samolyotlar

Embraer Legacy 650

Bu samolyot 14 kishiga mo'ljallangan, ammo uning asosiy ustunligi - samolyot 1135 kg. gacha bo'lgan yukni ko'tara oladi. Narxi - 28,3 mln. evro.


Gulfstream V (13 mln. evro)

Ushbu samolyotda 16ta joy mavjud va ular 8ta yotoqqa aylanishi mumkin. Uchoqda 2ta vannaxona va 2ta oshxona mavjud. Bort dumida Messining raqami - 10 aks ettirilgan. Trapda esa Messi oila azolarining ismi yozilgan. Leo bu samolyotni oilasi bilan Argentinaga uchish uchun sotib olgan.


Uy hayvonlari

Messining Xalk ismli sevimli iti bor.

Uni Antonella 2016 yilda tug'ilgan kuniga sovg'a qilgan. Bu turdagi itlarning uzunligi 67 sm, vazni 55-65 kg.gacha bo'ladi. Xalkni Messi uyiga olib kelishganida u kuchukcha edi, biroq tez orada Messidan katta bo'lib ketadiganga o'xshaydi. Lionel bu "olapar"ni yaxshi ko'radi.


Oila

Messi oilasini juda yaxshi ko'radi. Uni xotini va 3 nafar farzandi bor: Tyago, Mateo va CHiro. Leo bolalari uchun hamma narsaga tayyor. Ularning oilasi taqlid uchun namuna.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика