Messi yana bir bor CHL tarixiga kirdi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2018, 11:45
Chempionlar ligasining 5-turida PSV "Barselona"ni qabul qildi.

"Filips" stadionida o'tgan uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakun topdi.

Bahsning 61-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochdi. Bu argentinalik uchun Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi 66-gol bo'ldi. Shunday qilib, Messi bu ko'rsatkich bo'yicha "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldudan o'zib ketdi va turnir guruh bosqichining eng yaxshi to'purariga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com