Messi xet-trikdan keyin: "Bu mening terma jamoadagi so'nggi o'yinlarim bo'lishi mumkin..."
16 okt 17:17
Yangiliklar
Messi xet-trikdan keyin: "Bu mening terma jamoadagi so'nggi o'yinlarim bo'lishi mumkin..."
Bugun Argentina terma jamoasining 37 yoshli sardori JCH-2026 saralash bahsida boliviyaliklarga uchta gol urdi (6:0).
Buenos-Ayresdagi "Monumental" stadionida muxlislar uning nomini jar solib aytishdi va uni olqishlashdi.
"Bu erda bo'lish va muxlislarning his-tuyg'ularini ko'rish juda yoqimli. Ular mening nomimni tilga olishgani menga qattiq tasir qildi.
Men o'z kelajagim haqida hech qanday sana yoki muddat belgilamayman. SHunchaki bularning barchasidan zavqlanib, muxlislarning muhabbatini his qilmoqchiman. Hozir bu meni har qachongidan ham ko'proq tasirlantiradi, chunki bu mening so'nggi o'yinlarim bo'lishi mumkin.
Bu menga yoqadi. Qaerda bo'lsam, o'sha erda baxtli ekanimdan rohatlanmoqchiman. Terma jamoada men har doim o'zimni yosh yigitdek his qilaman, chunki bu jamoada o'zimni juda qulay sezaman. Hozircha o'zimni yaxshi his qilyapman va o'zim xohlagan darajada o'ynay olaman, bundan zavqlanishda davom etaman," - dedi Messi.
Fikrlar