So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  1 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  5 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  3 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Messi vs Ronaldu. Ularning qay biri texnika va texnologiyaga ko'proq murojaat qiladi? Yangiliklar

Messi vs Ronaldu. Ularning qay biri texnika va texnologiyaga ko'proq murojaat qiladi?

Argentinalik Lionel Messimi yoki portugaliyalik Krishtianu Ronaldu - qaysi biri kuchliroq, texnikasi ustun, tezroq?

Bu hozirgi kunda eng ko'p muhokamaga sabab bo'ladigan mavzulardan biridir va bu savol hech qachon aniq javobini topmasa kerak.

Keling ularni boshqa tarafdan solishtirib ko'ramiz. Ularning qay biri ijtimoiy tarmoqlarda faolroq, qaysi smartfondan foydalanadi, smat-soati bormi, fitnes-trekerichi?

Bir nechta solishtirish raundi bilan Messi va Ronalduga 5 ballik shkala bo'yicha baho qo'yamiz.


Messi vs Ronaldu

Qaysi smartfondan foydalanishadi?

Messi so'nggi yillarda Samsung smartfonlarining reklamasida juda ko'p paydo bo'lyapti va bu kompaniyaning qurilmasidan foydalansa kerak. Bu Koreya kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaning bir qismi bo'lishi mumkin. Tarmoqda u hayotda smartfon ishlatayotgan suratni topa olmadik, ammo argentinalikning Instagram akkauntiga etibor bersak, futbolchining smartfoni bor va undagi kamera ham juda yaxshi.


Ronaldu Instagram tarmog'i orqali bir necha marotaba iPhone foydalanishini ko'rsatgan, ammo bazi suratlarda Samsung smartfoniga o'xshash ikkinchi apparat ham ko'rinib qoladi. Aytgancha, portugaliyalik ham "Samsung"ning reklamasida ishtirok etgan. Menimcha, janubiy koreyaliklar ham ularning qay biri kuchliroq ekanligi borasida bir to'xtamga kelmagan bo'lsa kerak.


Baholar: Messi - 5 ball. Ronaldu 5 - ball.


Smart-soatlar va fitnes-trekerlar

Bu borada ikki futbolchi ham klassik soatlardan foydalanadi va fitnes-treker ishlatishmaydi. Ularga 5 balldan qo'yish mumkin. CHunki hozirgacha juda kerakli va foydali smart-soat va fitnes-trekerlash ishlab chiqarilmagan.



Baholar: Messi - 5 ball. Ronaldu - 5 ball.


Ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi

Twitter

Messi bu tarmoqda mavjud emas, demak unga "nol" ball berishimizga to'g'ri keladi.


Ronalduning ushbu tarmoqda rasmiy akkaunti bor. U "Twitter"da juda faol va Krishtianuning o'quvchilari soni deyarli 39 mln. U tarmoqda o'z fikrini bildiradi, muxlislarga javob beradi va shu bilan birga, "Twitter"dagi reklamasidan juda katta daromad oladi.


Baholar: Messi - 0 ball. Ronaldu - 5 ball.


Instagram

Ikki futbolchini "Instagram"da topa olasiz va ular bu tarmoqda juda faol. Messining o'quvchilari soni 29 mln., Ronalduda esa 37 mln. Futbolchilarning suratlari orasida ham shaxsiy, ham reklamaga oidlari bor.

SHu sabab bu erda tanqid qilishga ojizmiz.



Baholar: Messi - 5 ball. Ronaldu - 5 ball.


Facebook

Messining bu erdagi ishlari joyida, chunki "Facebook"da uni 81 mln. o'quvchi o'qiydi. Deyarli har kuni turli xil suratlari bilan bo'lishadi. Bu erda ham reklama bor, ammo raqibiniki kabi zerikarli emas.


Ronaldu "Facebook"da ham faol va o'quvchilari soni bo'yicha raqibini ancha ortda qoldiryapti (107 mln.), ammo ushbu tarmoqdagi reklamasi avval aytganimizdek biroz zerikarli va palapartish.


Baholar: Messi - 5 ball. Ronaldu - 5 ball.


Akssesuarlar, planshetlar va kompyuterlar

Quloqchilanlar

Messi omma oldida musiqa eshitmaydi va bu borada u haqida hech narsa deya olmaymiz. Uni xatto barcha sportchilar osib yuradigan "Beats" quloqchinlari bilan ham ko'rishmagan.


Ronaldu aksariyat suratlarida "Monster" quloqchinlaridan foydalanishini ko'rish mumkin, ammo bu reklamaning yana bir turi bo'lishi mumkin.


Bu erda baho bera olmaymiz. Nol.


Planshet va kompyuterlar

Messi va Ronaldu "Apple" kompaniyasining planshetlaridan foydalanadi. Hammasi to'g'ri - eng yaxshi futbolchilarga eng yaxshi planshetlar.


Kompyuterlar borasida hech qaerda malumot topa olmadik.


Baholar: Messi - 5 ball. Ronaldu - 5 ball.


Natija

Messi 25 - Ronaldu 30. Bu borada Ronaldu g'alaba qozondi, ammo Messining mag'lubiyatiga uning kamtarligi sabab, chunki argentinalik omma oldida o'zining gadjetlarini ko'z-ko'z qilishni yoqtirmaydi.

Agar Messi tez orada 20 mln. dollarlik samolyot sotib olsa, katta ehtimol bilan siz bundan xabardor bo'lmaysiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика