So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Messi uchun so'nggi imkoniyat va "S" guruhidagi kurash Yangiliklar

Messi uchun so'nggi imkoniyat va "S" guruhidagi kurash

Teglar :  JCH-2018
Rossiyadagi mundialda bugun C va D guruhlarida so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.


Avstraliya – Peru. Seshanba, 19:00
S guruhining yakunlash bosqichida Avstraliya termasi Peru bilan o'ynaydi. Uchrashuv Sochida bo'lib o'tadi. Peru jamoasi omadsiz o'ynayotgan jamoalardan biri hisoblanadi. Lotin amerikaliklar esa ikki uchrashuvda ham ajoyib o'yin ko'rsatdi. Afsuski, omad ulardan yuz o'girib, g'alaba qozona olmadilar. Bugungi bahsda Peru termasining etakchisi Jefferson Farfan maydonga tushmaydi.

Avstraliyadagi vaziyat ham havas qilgudek emas. Ikki o'yindan keyin bir ochkoga ega bo'lgan bo'lsada, Daniya undan 3ochkoga oldinda. Van Marveyk jamoasi oldiga qo'yilgan vazifa juda jiddiy. CHunki Peruning imkoniyatlari biroz yuqori.

Daniya – Franciya. Seshanba, 19:00
Bu o'yinni «birinchi o'rin uchun kurash» deb atash mumkin. Agar Daniya g'alaba qozonsa, super yulduzlardan tashkil topgan Franciyani ortda qoldirib ketadi. Hozirgi mundialda Dide Desham qo'l ostidagi jamoa hali juda zo'r harakatlanmayapti. Avstraliya va Peruga qarshi o'yinlardagi g'alabaga ham osonlikcha erishgani yo'q. Balki, francuzlar guruh bosqichining so'nggi turida muxlislarini xursand qilishni niyat qilib qo'ygandir?!

Daniya tarkibida Kristian Eriksen ajoyib o'ynamoqda. Ko'p narsa unga bog'liq. U raqibining zaiflashgan himoyasidan unumli foydalanishi mumkin. Ammo, Samyuel Umtiti bugungi o'yinda maydonga tusha olmaydi. SHu sababli, Franciyaning imkoniyatlari raqibiga qaraganda biroz yuqori.  


Nigeriya – Argentina. Seshanba, 23:00
Bugun Nigeriya ham guruhdan chiqish uchun Argentina bilan to'p suradi. Xorvatiya bilan bo'lgan uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng, jamoani o'zini qo'lga olib, Axmed Musa yordamida Islandiya ustidan g'alaba qozongandi. Argentinaga qarshi maydonga tushadigan Salisu Yusuf termasi favorit hisoblanmaydi. Lekin turnirda raqibining kuchsiz holda harakatlanayotganidan unumli foydalanishlari mumkin.

Argentina termasi Islandiya bilan durrang natijani qayd etgan bo'lsa, boshlang'ich turda Xorvatiyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Bu esa o'z navbatida anchagina noroziliklarga sabab bo'ldi. Jamoa mundialdan chiqib ketishi haqiqatga yaqinroq. Hattoki, Nigeriya bilan durrang o'ynasa ham, pley-offga chiqolmaydi. Ularni bu ahvoldan faqatgina g'alaba qutqarib qolishi mumkin.

Islandiya – Xorvatiya. Seshanba, 23:00
Argentina bilan durrang natijadan so'ng, ular nigeriyaliklar ustidan g'alaba qozonishi aniq edi. Xadlgrimsson qo'l ostidagi jamoa o'zini hujumda ajoyib namoyon etgan bo'lsa-da, ikki marotaba himoyada qolib ketdi. Janubiy afrikaliklar tezlik va sifat borasida ulardan ustun edilar.

Xorvatlar boshlang'ich o'yinda 2ta gol urib, pley-offga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'ldilar. Ko'pchilik Xorvatiya termasini sovrin uchun munosib nomzodlar qatorida qayd etmoqda. Bolqon yarim oroli jamoasining o'yini o'zining maqsadi aniqligi, muvozanatli va kuchli ekani bilan ajralib turibdi. Biroq, bu Dalich rahbarligidagi jamoa Islandiya bilan bo'ladigan bahsda jon berib o'ynamaydi va g'olib bo'ldi degani emas.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика