Messi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi
10 avg 2021 22:25
Yangiliklar
Hujumchi Lionel Messi PSJ klubiga o'tishi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi. Taniqli insayder, Fabricio Romanoning malum qilishicha, jarayon muvaffaqiyatli kechgan. Tez orada Messi transferning boshqa rasmiyatchiliklarini hal qilish uchun o'zi yashab turgan mehmonxonaga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, ertaga soat 14:00 da Lionel Messi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.
Fikrlar