Messi o'yindan urilgan gollar bo'yicha Ronaldudan ilgarilab ketdi
22 mar 2021 20:55
Yangiliklar


Messi o'yindan urilgan gollar bo'yicha Ronaldudan ilgarilab ketdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi "Real Sosedad" (6:1) jamoasiga qarshi bahsda dublga erishdi.
Bu uning faoliyatidagi 733 hamda 734-gollari bo'ldi. Etiborli jihati shundaki, Messi penaltidan kiritilgan to'plarni hisoblamaganda gollar soni bo'yicha "Yuventus" farvardi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Bu haqda ESPN nashri malumot tarqatmoqda. Ularning statistikasi quyidagicha:
Messi 637 bor o'yindan, 97 bor 11 metrlik jarima zarbasidan gol urgan (umumiy 734 ta).
Ronaldu esa 635 bor o'yindan, 135 marta penaltidan to'p kiritgan (umumiy 770 ta).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar