Messi: "Neymar "Barselona"ga qaytishni juda xohlaydi"
21 fev 2020 01:32
Yangiliklar
Messi: "Neymar "Barselona"ga qaytishni juda xohlaydi"
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi sobiq jamoadoshi Neymarning "ko'k-anorranglilar" safiga qaytishni xohlayotgani haqida gapirdi.
"Ko'p bor takrorlaganman: Neymar – jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Tabiiyki, men uni qaytishini xohlayman. Neymar kiyinish xonasidagi muhitga qanday tasir qilardi? U juda quvnoq inson. Neymar kiyim almashtirish xonasida boshqalarning ham kayfiyatini ko'tarar edi. Muxlislar Neymar "Barsa"ni tark etganidan ranjigani tabiiy hol. O'sha payt men ham xafa bo'lganman, ammo doim g'alaba qozonishni va eng yaxshi futbolchilar bilan birga to'p tepishni xohlayman. Neymar "Barselona"ga qaytishni juda xohlaydi. U ketganidan afsusda", – dedi "Oltin to'p"ning olti karra sohibi.
Fikrlar