Messi ikki qo'riqchi bilan mehmonxonaga tashrif buyurdi
15 noy 2014 17:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/151660_original.jpg)
![](/upload/storage/151660_220.jpg)
Messi ikki qo'riqchi bilan mehmonxonaga tashrif buyurdi
Argentina terma jamoasi Manchester shahrida mashg'ulot o'tkazmoqda.
Janubiy amerikaliklar 18 dan 19 noyabrga o'tar kechasi "Old Trafford" stadionida Portugaliya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Argentina terma jamoasi mashg'ulotdan qaytayotganida "Reddison Blu" mehmonxonasini juda ko'p muxlislar qurshab olishdi va JCH-2014ning vice chempionlari bilan suratga tushishga urinishdi.
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi ikki qo'riqchi bilan mehmonxonaga tashrif buyurishdi va aynan shu ikki "qorovul" futbolchini "selfichilar"dan qutqarib qoldi.
Argentina terma jamoasining boshqa futbolchilari mehmonxona atrofida yig'ilgan barcha muxlis va muxlisalar bilan suratga tushish taklifidan bosh tortgani yo'q.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar