So’nggi yangiliklar

23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10

Messi faoliyati davomida 60 bor jarimadan gol urdi. Bu PSJ tarkibida birinchisi bo'ldi va Ronaldu bilan farq yiriklashdi Yangiliklar

Messi faoliyati davomida 60 bor jarimadan gol urdi. Bu PSJ tarkibida birinchisi bo'ldi va Ronaldu bilan farq yiriklashdi

PSJ - "Nicca" (2:1) o'yinidagi ilk golni Leo Messi urdi.

Argentinalik futbolchi to'pni osongina jonli devordan tashlab qo'ydi — "Lester" sobiq posboni Kasper SHmeyxel esa to'pni shunchaki ko'zlari bilan kuzatib qo'ydi.



Bu Messining faoliyatidagi jarimadan urgan 60-goli bo'ldi — PSJ tarkibida birinchisi. Leo so'nggi bor jarima to'pidan 2021 yilning mayida gol urgan ("Barselona" tarkibida) — o'shanda "Valensiya"ning omadi kelmagan. SHundan so'ng 29ta urinish (26tasi PSJda) bo'lgan, ammo ularning barchasi muvaffaqiyatsiz. Messining Liga 1dagi jarima zarbalarining uchtasi shtanga ("Lion", "Renn" va "Lill")ga tekkan.


Hozirda zarbalar barchasi joyida — Messi "Nicca"ga qarshi golga qadar ayyorlik bilan Yamaykaga qarshi o'rtoqlik o'yinida to'pni jonli devordan o'tkazgan. Ketma-ket ikkita o'yinda jarimadan gol urish — noyob hodisa. Faqatgina Leo uchun emas. Unda ketma-ket uchta o'yinda jarimadan gol urish bo'yicha seriya ham bo'lgan.



Biz Leoning barcha aniq zarbalarini bitta suratga joyladik: Bu erda Messining qaysi musobaqalarda va qaysi poziciyalardan urganini ko'rish mumkin.



Terma jamoadagi jarima zarbalari bo'yicha batafsilroq. Musobaqalar bo'yicha gollar quyidagicha:


• JCH saralashida — 4


• Amerika Kubogida — 3


• Jahon chempionatida — 1


• O'rtoqlik o'yinlarida — 1


Messi uchun yoqimli bonus — Krishtianu Ronaldu bilan o'rtadagi farq yanada kattalashdi.



Yillar o'tgani so'ri bu natijalarning o'zgarishi kishini hayron qoldiradi. Ronaldu 2011 yilda jarimadan 30ta, Messi esa atigi 4ta gol urgan edi.



Portugaliyalik so'nggi bor 16 aprelda "Norvich" darvozasiga gol urgan. Krishtianu bunga qadar 651 kun aziyat chekkandi — quruq seriya Ronaldu "Torino" darvozasiga gol urgan 2020 yilning 4 iyulidan beri davom etib kelayotgan edi.


Ronalduning samaradorligini hisobga olsak ("Yuve"da 71ta zarbada 1ta gol, MYUda 10ta zarbada 1ta gol), Messi farqni yanada oshirishi kutilmoqda.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика