Messi: "Bu men uchun eng yaxshi Kopa Amerika emas"
29 iyu 2019 13:23
Yangiliklar
Messi: "Bu men uchun eng yaxshi Kopa Amerika emas"
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Venesuela (2:0) bilan bo'lgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Argentinaliklar yarim finalga chiqishdi hamda bu bosqichda Braziliya termasi bilan ro'baro kelishadi.
"Bu men uchun eng yaxshi Kopa Amerika emasligi haqiqat. Bu men kutganimdek bo'lmayapti. Biz g'alaba qozonishimiz va kurashni davom ettirishimiz muhim", - deydi Messi.
"Agar biz uchta hujumchi bilan harakat qilsak, himoyaga yordam berishimizni bilardik. Bu kubok o'yinidir va bu erda har kim g'alaba qozonishi mumkin".
"Bunday yomon maydonlarda o'ynash qiyin. Kopa Amerikadagi hamma maydonlar shundayligi bu sharmandali holatdir".
32 yoshli o'yinchi Kopa Amerika davomida 4ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar