Messi Argentina terma jamoasiga chaqirilmadi
17 jan 2022 21:57
Yangiliklar
Messi Argentina terma jamoasiga chaqirilmadi
PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoaning bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Manbaning xabariga ko'ra, argentinalik murabbiylar shtabi Messini koronavirusdan tuzalishda davom etayotgani sababli uni terma jamoaga jalb qilishmaydi. Futbolchi klub ixtiyorida qoladi.
Qayd etilishicha, dastlab argentinaliklar bosh murabbiyi Lionel Skaloni Messiga dam berishni va uni JCH-2022 saralash bosqichining keyingi o'yinlariga chaqirmaslikni rejalashtirgan, chunki terma jamoa allaqachon jahon chempionatiga chiqishni kafolatlagan. Biroq futbolchining o'zi o'yinlarni o'tkazib yuborishni istamagandi. Koronavirus tufayli Leo uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
SHu tariqa, Messi 27 yanvar va 1 fevral kunlari bo'lib o'tadigan CHili va Kolumbiyaga qarshi o'yinlarda ishtirok etmaydi.
Fikrlar