“Barselona”ning 3 nafar himoyachisi PSJga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
19 okt 2026, 16:00
"Barselona" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan PSJga qarshi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Qaydnomaga 4 nafar futbolchi kiritilmadi. Erik Garsiya La Liganing 9-turi doirasida "Betis"ga qarshi kechgan bahsda (2:5) o'ng son mushagidan jarohat oldi. Jyul Kunde ham xuddi shu uchrashuvda safdan chiqdi, uning chap to'piq boylamlari cho'zilgan.

Andreas Kristensen sentyabr oyida olgan sonidagi jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Runi Barji esa tizzaning oldingi xochsimon boylami uzilishidan keyin tiklanmoqda.

PSJ 20 oktyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida "Barselona"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com