Mertens Maradonani ortda qoldirdi
06 may 2019 10:40
Yangiliklar


Mertens Maradonani ortda qoldirdi
“Napoli” hujumchisi Dris Mertens A Seriyaning 35-turida “Kalyari” darvozasiga gol urdi.
Bu belgiyalik futbolchi uchun “Napoli” safidagi 107-goli bo'ldi. Natijada Mertens klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar qatorida 3-o'rinda borayotgan Atilla Sallustroga yaqinlashib oldi. Uning hisobida 107 ta gol bor. Bundan tashqari Mertens “Napoli” safida A Seriyadagi 82-golini urdi. U bu orqali 81 ta gol urgan Diego Maradonani ortda qoldirdi. Oldinda esa Antonio Voyak (102) va Marek Gamshik (100) bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar