So’nggi yangiliklar

11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  5 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  4 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4

Ivan Boshkovich: Juda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik Yangiliklar

Ivan Boshkovich: Juda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik

So'g'diyona – Andijon (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ivan Boshkovich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda aytmoqchimanki, juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Nega? Chunki natijalarimiz sustlashib ketgandi. Odatda, bunday paytda o'yinchilarning ruhiyati ham yaxshi bo'lmaydi. O'z navbatida bu o'yinga aks tasir ko'rsatmasdan qolmaydi. Lekin, o'ylaymanki, futbolchilarimiz o'zlarida kuch topa olib, bunday ruhiy o'radan chiqib keta olmoqdalar. Aytishim kerak, birinchi bo'lim juda yaxshi o'tdi. Raqibga qanotlardan bosim o'tkazishga harakat qildik. Biroq urinishlarimiz hisobda aks etmadi. «Andijon»ning qarshi hujumlari ham yomon chiqmadi. Biroq ularga yaqqol golga tortadigan vaziyatlarni havola qilmadik. Ikkinchi bo'limda esa tajovuzkorlikka zo'r berdik va gol urishga erishdik. To'g'ri, raqib ham anoyi emasdi. Ikkinchi bo'limda birin ketin ikkala jamoa vaziyatlar yaratdi. Bu o'yinda kim gol kiritsa, o'sha jamoa g'alaba qozonishi aniq edi. Raqibdan ham qanotlardan bizga nisbatan bosim bo'ldi. Шunga qaramay, baxtimizga bugun himoyachilarimiz va darvozabon yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Eng asosiysi, kichik hisobda bo'lsa ham juda muhim uch ochkoni qo'lga kirita oldik. «So'g'diyona» bugun namoyish etgan o'yini bilan o'zidagi kurashchan ruhi so'nmaganligini ko'rsatib berdi. Bundan keyin ham shu ruhda davom etamiz va o'z tamoyillarimizdan voz kechmaymiz. O'ylaymanki, asta-sekinlik bilan musobaqa jadvalidagi mavqeyimizni ham yaxshilab boramiz.

- Suhrob Izzatov yarim himoyachi. Nega uni zaxiradan tushirganda o'ng qanot himoyaga emas, yarim himoyaga oldinga qo'ydingiz. Bu nima bilan bog'liq?

- Bu mashg'ulot jarayoni bilan bog'liq. Har bir raqibda boshqacha rejasi bo'ladi. Suhrob to'liq tayyor emas edi. Vaziyatdan kelib chiqib shunday xulosaga keldik. Uni zaxirada ushlaganimiz to'g'ri bo'ldi. Izzatovni yarim himoyaga tushirganimni sababi, raqibning qanotlari tezkor edi. Xondamir Mustafoqulovga uni almashtirdik. U universal, ko'plab poziciyalarni yopishga harakat qildik. Maydonning har joyda harakatlandi, ko'plab o'yinchilarni har xil poziciyada o'ynay olishi, bu jamoa uchun foydali.

Ikkita asosiy hujumchilaringiz bugun o'ynamadi va uchinchi forvard o'ynadi. Jorjevich va Mavlonqulovga nima bo'lgan va ular qachon safga qaytishadi?

- 6 tur o'tdi, Jorjevichda jarohat mavjud. Yaqinda mashg'ulotlarga qaytishi kerak. Uni o'ynatib, tavakkal qilishni xohlamayapmiz. Tez orada to'liq kuch bilan qaytishiga umid qilaman. Mashg'ulotlarda ham bir futbolchini harakatlarini ko'rmoqdamiz. Kim o'zini yaxshiroq ko'rsatsa, o'sha maydonga tushadi. Шuning uchun hammaga imkoniyat beryapmiz. Bizda ko'plab yosh iqtidorli o'yinchilar mavjud, sog'lom raqobat bor. Ayni paytda Hoshimov yaxshi formada edi. Unga imkoniyat berdik. Hamma o'yinchilarga o'ynash imkoniyatini beramiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
27 apr 10:43:44
Mahmud Ttww
Давралар оралиғида дарвозабон ва бошқа чизиқлардаги камчиликларни тўлдирмаса қийин бўлади Иванжон.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика