Mertens: "Faoliyatimni yakunlasam, murabbiy bo'lishni istamasdim"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2017, 14:50
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng, murabbiy bo'lishni xohlamasligini aytdi.

"Faoliyatimni yakunlasam, murabbiy bo'lishni istamasdim. Bu ish asabiylashishdan iborat. Murabbiyimiz Mauricio Sarri juda ko'p asabiylashadi, u har kuni 5 quti sigaret chekadi" - deydi Mertens.

Joriy mavsum Mertens "Napoli" safida 25ta uchrashuvda maydonga tushdi va 14ta gol urib, 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della Sera