Mertens: "28ta gol urib, 28 mln. evro turadigan futbolchini qaerdan topasiz?"
26 noy 2017 16:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/290899_original.jpg)
![](/upload/storage/290899_220.jpg)
Mertens: "28ta gol urib, 28 mln. evro turadigan futbolchini qaerdan topasiz?"
"Napoli" yarim himoyachisi Dris Mertens shu yil Xitoyga o'tishi mumkinligi haqida aytib berdi.
"Biz shu yozda xitoyliklar bilan muzokara o'tkazdik. O'tgan qishda Xitoydan taklif oldim va juda katta pul ishlab olishim mumkin edi. Ammo "Napoli" ketishimni istamadi va o'zim qolishga qaror qildim.
Yana shunday taklif tushsa nima bo'ladi? Aynan shunday vaziyatlar uchun yangi shartnomamda badal puli bo'lishini istadim. 28 mln. evro - bu Xitoy klublari uchun katta pul emas, ammo "Napoli" uchun yaxshigina mablag'. Neymar PSJga o'tguniga qadar bu normal narx edi. Endi odamlar boshqa fikrda.
Yaxshi kelishuvni amalga oshirdim. A Seriyada 28ta gol urib, 28 mln. evro turadigan futbolchini qaerdan topasiz? Hech qaerdan, to'g'rimi?" - dedyi belgiyalik.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar