So’nggi yangiliklar

07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  0 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  36

Mergen Orazov – O'zbekistonga qarshi o'yindan avval: "Turkmaniston o'z maydonida faqat g'alaba uchun o'ynaydi" Yangiliklar

Mergen Orazov – O'zbekistonga qarshi o'yindan avval: "Turkmaniston o'z maydonida faqat g'alaba uchun o'ynaydi"

Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi Mergen Orazov va jamoa kiperi Raxat Japarov futbol bo'yicha JCH-2026 saralashi doirasidagi O'zbekistonga qarshi o'yindan avval fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

– Mashg'ulot jarayoni reja bo'yicha o'tdi. Jamoada barchaning kayfiyati alo darajada, kurashga tayyormiz. Faqat ijobiy natija haqida o'ylayapmiz va muxlislar bizni qo'llab-quvvatlaydi, deb umid qilamiz, – takidladi Orazov.


– Siz noyabr oyidagi yi-inga 28 nafar futbolchini chaqirdingiz. Bu yakuniy ro'yxatmi yoki yana qandaydir o'zgarish bo'ladimi?
– Bir qancha futbolchimiz jarohat olgan, shuning uchun o'zgarishlar qilishga majburmiz. 28 nafar futbolchidan 23 nafarigina O'zbekistonga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritiladi, Gonkongga esa biz bilan 24 o'yinchi yo'l olishi kerak.

– Terma jamoada yosharish davrini kuzatyapmiz. Bu tabiiy ehtiyojdan kelib chiqilgan jarayonmi yoki sizning shahsiy taktik o'zgartirishlaringiz sababmi?
– Bu erda biz ko'plab faktorlarni inobatga olyapmiz, futbolchilarning yoshi, taktik sxemalar, sekin asta tarkibga yosh futbolchilarni biriktirib boryapmiz. SHuningdek, bu vaziyatda jismoniy va taktik tomonlarni ham unutayotganimiz yo'q. Etibor bergan bo'lsangiz, avvalgi yig'in bilan solishtirganda, yana uch nafar yosh futbolchini chaqirdik. Ular ichki chempionat o'yinlarida o'zlarini ko'rsata olishdi. Muhim faktorlardan biri – bu futbolchi hozir qanday sport formasidaligi.

– Tarkibga turli sabablarga ko'ra kira olmay qolgan o'yinchilar bormi yoki mana shu optimal tarkibmi?
– Bazi sabablar va yoki jarohat tufayli tarkibga kirmay qolgan bir qancha futbolchi bor. Misol uchun himoyachi — Vepa Jumaev. Ammo umid qilamizki u Gonkongga biz bilan yo'l oladi. Umuman olganda biz tarkibda ko'rmoqchi bo'lgan hammani sinovdan o'tkazib oldik. Ertaga optimalga juda yaqin tarkib maydonga tushadi, deya olaman.

– Ertaga nimaning evaziga raqib himoyasini yorib o'tmoqchisiz?
– O'zbekiston – juda kuchli jamoa, tarkibida kuchli xorijiy ligalarda to'p tepadigan legionerlar bor. Biz yaqinda "CAFA Cup-2023" doirasida ular bilan ro'baro kelgandik. O'shanda bizning malum rejamiz bor edi, lekin ishni endi boshlagandik.

Bu safar biz raqibni yaxshilab o'rgandik. Ularning AQSH, Meksika, Vetnam va Xitoyga qarshi o'yinlarini ko'rib chiqtik. Ularning kuchli tomonlarini o'rgandik, himoyada qanday harakat qilishni bilib oldik, bundan tashqari hujumda ham aniq rejalarimiz bor, lekin ularni hozir oshkor etmayman. Muhimi taktik va ruhan biz o'yinga tayyormiz.

O'z uyimizda o'ynaymiz, tribunalar, yaqinlarimiz va qarindoshlarimiz bizni qo'llab-quvvatlaydi. Oxirigacha kurashamiz. Natija bizning foydamizga ijobiy ko'rinish olishiga ishonaman.



– Guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
– Raqiblarning darajasini inobatga olib aytamanki, guruhimiz anchayin qiyin. Eron va O'zbekiston reyting bo'yicha ham, o'yin bobida ham – juda kuchli jamoalar. SHuningdek, Gonkong 4-savatdagi eng kuchli jamoalardan biri. Ammo yigitlar kurashishga tayyor, bu ularning mashg'ulotlardagi harakatlari, ishtiyoqidan ko'rinib turibdi. Biz faqat ijobiy natijani ko'zlayapmiz, ayniqsa, uy uchrashuvlarida. Biz doim guruhdan chiqish uchun harakat qilamiz va o'zimizni autsayder sifatida ko'rmayapmiz. Biz yuqori darajadagi futbol ko'rsatishga tayyormiz.

Intervyu davomida turkman futbolchilarining xorijda to'p tepishi mavsuzi haqida ham gap bordi. Mergen Orazov Turkmaniston termasining o'zini xorijiy chempionatlarda sinab ko'rmoqchi bo'lgan yosh futbolchilariga maslahat berdi. Mutaxassis bu terma jamoa uchun katta plyus ekanligini takidladi, lekin futbolchilar kuchli klublarga ketishi muhimligini takidlab o'tdi.

– Evropaning etakchi ligalarida yoki Osiyoning kuchli klublarida to'p tepadigan legionerlar, bu chindan terma jamoa uchun foydali bo'ladi. Bu borada hozirda Federaciya bilan ish olib borilmoqda, umid qilamanki, kelajakda futbolchilarimizda bunga yaxshiroq imkoniyat bo'ladi.

Raxat Japarov: "Uyda biz faqat g'alaba uchun o'ynaymiz"
– Biz bu bahsga uzoq va astoydil tayyorgarlik ko'rdik. Raqib — kuchli, munosib. Nima ham derdim, ertaga maydonga tushamiz va murabbiyning ko'rsatmalariga amal qilamiz va o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Albatta, biz g'alaba qozonishimizga ishonamiz, chunki uyda o'ynaymiz.


Georgiy ASLANYAN (Turkmenportal) suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика