Mendi "quruq" o'yin o'tkazish bo'yicha De Xea, Lorisdan yaxshi natija qayd etmoqda
22 dek 2020 11:57
Yangiliklar


Mendi "quruq" o'yin o'tkazish bo'yicha De Xea, Lorisdan yaxshi natija qayd etmoqda
"CHelsi" posboni Eduar Mendi "Vest Xem"ga qarshi o'yinda ham darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.
SHu orqali senegallik posbon mavsumda oltinchi marta "quruq" o'yin o'tkazdi va bu natija bilan 2-o'rinni "Manchester Siti" posboni Ederson bilan bo'lishib turibdi.
Ushbu ro'yxatda birinchi o'rinni 7 o'yinda darvozasidan gol o'tkazib yubormagan "Aston Villa" posboni Emiliano Martines qayd etilgan.
Mendi "CHelsi"da 4-turga kelib, debyut uchrashuvini o'tkazdi. SHunday bo'lsa-da, u Ugo Loris (5 o'yin), Alisson (3 o'yin) va David De Xea (3 o'yin)dan yaxshi natija qayd etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar