Mendesh de Xeaning shartnomasini uzaytirish uchun Manchesterga keldi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2015, 09:30
Britaniyaning The Daily Mail nashri bergan xabarga ko'ra, “Manchester Yunayted” klubi jamoa darvozaboni David De Xea bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Shu maqsadda ispaniyalik kiperning agenti Jorje Mendesh “MYU”ning Karringtondagi bazasiga yetib keldi.

Bugun bosh murabbiy Lui van Gal va klub rahbariyati bilan de Xeaning kelasi yil yozda yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar boshlanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, darvozabon yangi kelishuvga binoan yiliga 4 million funt sterling maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru