So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  0 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  39 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

"Men ham yozishni xohlayman" rukniga. "Neftchi" haqida o'y va mulohazalar Yangiliklar

"Men ham yozishni xohlayman" rukniga. "Neftchi" haqida o'y va mulohazalar

Saytimizning "Men ham yozishni xohlayman" rukniga viloyatlarda istiqomat qilayotgan muxlislardan turli mavzuda maqolalar kelmoqda.

Quyida ana shunday maqolalardan birini etiboringizga havola etamiz. Agar sizda ham yozish istagi bo'lsa, e-mayl orqali [email protected] manziliga yuborishingiz mumkin. SHuningdek, biz bilan Telegram orqali ham bog'lanish imkoni bor - https://t.me/CA_admin

"Neftchi" haqida o'y va mulohazalar

Assalomu alaykum, Championat.asia sayti xodimlari, avvalombor sizlarga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Biz muxlislarga shunday imkoniyat yaratib berganingiz uchun. Umid qilamanki, sizlar bilan uzoq yillar hamkorlik qilamiz.

Men Farg'ona viloyatidanman. Albatta, Farg'onada “Qo'qon-1912” va “Neftchi” jamoalari bor. Men “Neftchi” muxlisiman. CHunki yosh bolalik paytimiz “Neftchi”ning o'yinlarini ko'rib futbolga mehr qo'yganmiz. O'yin bo'ladigan kunlarni sabrsizlik bilan kutardik. O'sha paytlari ancha-muncha jamoaga Farg'onadan ochko olib qaytish nasib qilmas edi.

Ha, o'sha buyuk inson Yuriy Vazgenovich Sarkisyan maydonning har bir qarich eri uchun jon berib kurashish kerakligini futbolchilarga ruhan singdirib maydonga tushirardi. Nafaqat ruhan, jismonan, texnik, taktik - barcha yo'nalishlar bo'yicha mukammal darajada professionallarga xos tarzda ish yuritardi. Jamoa Sarkisyan bilan o'sha paytda o'zbek futbolining peshqadamiga aylangan edi. 5 marotaba O'zbekiston chempioni, bir necha bor kumush, bronza, mamlakat Kubogi, Superkubogi, Osiyo chempionlar ligasi, MDH kubogidagi muvaffaqiyatli o'yinlarni, OFK kubogidagi o'sha unutilmas o'yinlarni hali hanuz biz muxlislar unutganimiz yo'q.

Yuriy Sarkisyan jamoaga shu darajada sodiq ediki, hatto arab klublaridan tushgan katta mablag'li shartnomalar taklifini qabul qilmay, faqat “Neftchi” uchun butun faoliyatini bag'ishladi. Vaqt ko'p narsani o'zgartirdi. Poytaxt jamoalari kuchaya boshladi. Natijada “Neftchi” peshqadamlikni “Paxtakor”ga berib qo'ydi. Lekin tan olish kerak, “Paxtakor”ga ko'p o'yinlarda xakamlar yordam berardi. 

Natijada hamisha g'olib bo'lib, chempion bo'lib yurgan jamoa muxlislarini bu natija qoniqtirmadi. Muxlislar Sarkisyanning vaqti o'tgani, uning taktikasi eskirgani, “Neftchi”ga yangi murabbiy kerakligi haqida ochiq gapira boshlashdi. Men o'zim ham ko'plab mag'lubiyatlardan keyin shunday fikrda edim. Lekin Sarkisyan qilgan mehnatlarni munosib tarzda taqdirlab, barchasi uchun unga rahmat aytib, chiroyli tarzda istefoga kuzatib qo'yish kerak edi. Aksiga olib, unday bo'lmadi. U jamoani ranjigan holda tark etdi.

Mana, Sarkisyanning jamoadan ketganiga necha yillar bo'ldi. Lekin “Neftchi” jamoa o'ziga kela olgani yo'q. Gohida muxlislar “Sarkisyan jamoadan xafa bo'lib ketgan, shu sabab jamoa mag'lubiyat ko'chasidan chiqib keta olmayapti” deyishadi. Menimcha, bu ham to'g'ri fikr. Sarkisyan butun umrini shu jamoa uchun bag'ishlagan edi. 

Sarkisyandan keyin klub rahbariyati, murabbiylarida ko'plab o'zgarishlar bo'ldi. Avvaliga Amet Memet jamoa murabbiyligiga keldi. Keyin Andrey Fyodorov, jamoaning sobiq futbolchisi, so'ngra Murod Ismoilov kelsa ham natija o'zgarishsiz qoldi. To'g'ri, Fyodorov murabbiyligida jamoa bir mavsumda kuchli uchlikka kurashdi. Ancha mazmunli o'yin ko'rsatdi. Lekin keyin yana pastga qulashda davom etdi.

SHundan so'ng kutilmaganda jamoaga hozirgi kundagi bosh murabbiy Vadim Abramov taklif etildi. Bu xabar hammani quvontirdi. SHaxsan men ham bu xabarni eshitib juda xursand bo'ldim. Sababi, Vadim Abramovning kuchli mutaxassis ekanligi barchaga yaxshi malum. Abramov Qatardagi Osiyo chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan nimalar qilganini barchamiz yaxshi bilamiz. O'sha chempionatda O'zbekiston MTJ har tomonlama texnik, taktik, jismonan, ruhan puxta tayyorgarligi va chiroyli o'yini bilan barcha muxlislarni o'ziga rom qilgan edi.

Ochig'i, O'zbekiston MTJning bu darajadagi o'yinini qaytib ko'rmadim. Abramov o'sha musobaqa orqali O'zbekistondagi eng kuchli murabbiy ekanligini isbotladi va buni barcha ko'rdi. Vadim Karlenovich “Neftchi”ni juda qiyin vaziyatda qabul qilib oldi. Jamoa turnir jadvalining so'nggi o'rinlarida borayotgan edi. Abramov jamoaga kelganida ichki muhit achinarli ahvolda ekanini aytib o'tdi. Murabbiy jamoaga kelib, holatni o'z ko'zi bilan ko'rib, ichki muhitni juda yaxshi his qildi. Menimcha, Abramov ham kutilgan natijani ololmayapti.

Gohida omad ochiqchasiga yuz o'girmoqda. Abramovning jamoaga qay darajada jon kuydirayotganini o'z ko'zimiz bilan ko'ryapmiz. To'g'ri-da, jamoada ichki muhit umuman izdan chiqib ketgandi. Men jamoa bilan birga emasman, lekin "Neftchi"ning maydondagi ko'rsatayotgan o'yinidan shunday xulosaga kelish mumkin. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, hamma o'z ishini bilib qilsa, jamoa bunday qiyin vaziyatga tushib qolmasdi. Abramov tinimsiz ishlamoqda, jamoa esa o'ziga kela olmayapti. 

Nihoyat, "Neftchi" g'alaba qozondi. Safarda “Olmaliq” mag'lub etildi. Ochig'i, men Abramov uchun juda xursandman. CHunki bu inson qo'li ostida jamoa bu darajada inqiroz ko'chasiga kirmasligi kerak. O'ylaymanki, bu yog'iga farg'onaliklar o'zlariga kelib olishadi va oliy ligada qolishni uddalaydilar. Yangi mavsumda agar klub rahbariyati Abramovga barcha sharoitni yaratib bersa, murabbiy o'zi hoxlagan futbolchilarni jamoaga taklif etsa, o'ylaymanki “Neftchi”ning muxlislari sog'ingan katta g'alabalar hali oldinda. Abramovga vaqt va imkoniyat berish kerak. SHu o'rinda Vadim Abramov va “Neftchi”ga omad tilayman.

Ilhom Mirzaev, Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahri. 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика