So’nggi yangiliklar

16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  0 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  4 16:30Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1 (матнли трансляция)  2 16:26Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Сўғдиёна" 1:3 (онлайн ҳисоб)  8 16:25Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912", "Арал" ва бошқа жамоалар ўйинлари давом этмоқда  2 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  5 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  1 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  53 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  6 13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  5 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  4

"Eski xatolarni takrorlamayman - yangilarini qilaman". Mourinyuning "Tottenxem"dagi birinchi matbuot anjumani Yangiliklar

"Eski xatolarni takrorlamayman - yangilarini qilaman". Mourinyuning "Tottenxem"dagi birinchi matbuot anjumani

"Tottenxem" hamda "Vest Xem" jamoalari o'rtasidagi bahsdan avval o'tkazilgan Joze Mourinyuning matbuot anjumani Angliyada payshanbaning kun voqeasiga aylandi.

Buni barcha kutgandi va Mourinyu hammasini alo darajada bajardi.


Pochettino tashrifidan doimo xursand

Maurisioning ketishi Jozening kelishi kabi futbolchilarni shokka tushirdi. Ammo klubning yangi murabbiyi birinchi suhbatdayoq yaxshi tayyorlanganini aytib, futbolchilarni o'ziga ishontira oldi. Joze Maurisio haqida hurmat bilan gapirdi, matbuot anjumani aynan shu so'zlarda boshlandi.


"Birinchidan, qanchalik g'amgin bo'lmasin, Maurisio haqida bir-ikki og'iz gapirishim kerak. Uni tabriklamoqchiman - Pochettino fantastik ishladi. Klubdagilar bilan gaplashib oldim: Bu jamoa - uning uyi.

Eshiklarimiz u uchun doimo ochiq, bazada uni iliq kutib olamiz. Maurisio ajoyib klub topadi va u kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishadi".


Jozening aytishicha, u avvalgi murabbiy qurgan o'yinni birdaniga o'zgartirmaydi:

"Klubga 2 kun oldin kelib, biror narsani o'zgartira olaman deb o'ylamayman. Mendan oldingi mutaxassisning o'yiniga ishonch bildirishga to'g'ri keladi. Jamoa ajoyib murabbiy qo'lida bo'lgan. O'z uslubimizni asta-sekinlik bilan singdirib boramiz.

Bizning falsafamiz, yo'nalishni o'zgartirmay, jamoani yanada kuchaytirish".


Ammmo Mourinyu Pochettinoning hamma ishlari ham ideal bo'lmaganini aytdi:

"Meni qiyin ish kutib turganini bilaman. Klub har safar mavsum o'rtasida murabbiyni o'zgartirsa, bu vaziyat yaxshi emasligini anglatadi. Bu aniq. Yoki biz bilmaydigan biror ish sodir bo'lgan. Ammo hammasi ko'proq natija bilan bog'liq qaror bo'ladi".


Kuchliroq bo'lganini aytib, Sky jurnalistlari bilan hazillashdi

Joze matbuot anjumanlarini oddiy so'zlar bilan o'tkazmaydi. U kulayotgan Sky jurnalistlarini ko'rib, xafa ekanligini aytdi. Mourinyuning fikricha, kanaldagilar uni ko'proq ekspert sifatida ushlab qolishga umid qilgan, biroq anjumanda jurnalistlar xafa bo'lish o'rniga kulib o'tirishgan.

"Biz sizlar bilan do'stmiz, shu sababli telekanalda ishlaganimdan juda xursandligimni yaxshi bilasiz, ammo murabbiylik mening hayotim. Mening joyim ham murabbiylar o'rindig'ida. Bu kasb meni baxtli insonga aylantiradi. Ha, hozir ko'p kulayotganim yo'q - ikki kundan so'ng o'yinim bor. Ammo ichimda xursandman".

Jozening fikricha, u o'zini APLda qulayroq his qilar ekan.

"Angli, Ispaniya va Italiyadagi "Katta SHlem"imni yiqqunimga qadar ko'plab sarguzashtlarni boshimdan o'tkazganman. Ammo Premer-liga men oziqlanadigan yagona chempionat. Bu eng qiziq chempionat. Angliyada baxtliman".


Mourinyuning fikricha, u kuchliroq bo'lib qaytdi. Birinchi navbatda ruxan

"Ishsiz o'tgan 11 oyni vaqt yo'qotish deb hisoblamayman. Menda o'ylash, tahlil qilish va tayyorlanish uchun etarlicha vaqt bo'ldi. Men kamdan-kam hollarda jamoani mavsum o'rtasida qabul qilib olaman, ammo hozir tayyorlanganman - yil yakunlanmasidan ishga qaytishimni sezgandim.


Faoliyatim davomida ko'plab xatolarga yo'l qo'yganimni yaxshi bilaman. Ammo bu safar ularni takrorlamayman - yangilarini qilaman.


Kuchliroq bo'ldim. Jismoniy holatni emas, ruxiyatni aytyapman. Xotirjamman, g'alabaga chanqoq bo'lib qaytdim. Jangga tayyorman - futbolchilar buni ikki kun ichida tushunib etishdi deb o'ylayman. 


Bu erga o'zim uchun emas, klub, muxlislar va futbolchilar uchun keldim. Ularning barchasiga yordam berishga urinib ko'rmoqchiman".


Uni "janob CHelsi" deb chaqirmasliklarini so'radi va klub pijamasida uxlashini tan oldi

Jurnalistlar Jozega bir narsani eslatib qo'yishdi.

- "CHelsi"da ishlagan kezlaringiz "Tottenxem"ga o'tmasligingiz, chunki "CHelsi" muxlislarini hurmat qilishingiz haqida gap bo'lgandi. Nima o'zgardi?

- Bu meni haydab yuborishlaridan oldin sodir bo'lgan.


Ammo baribir "shporlar" muxlislari Jozeni "mister CHelsi" deb hisoblashadi. Murabbiyning aytishicha, u o'zi ishlagan klublariga sodiq bo'lgan: "Ishqibozlar meni "mister Real", "mister Inter" va "mister Portu" sifatida ko'rishlari kerak. Men klub odamiman, xatto uxlaganda ham klub pijamasida bo'laman".

Men "CHelsi", "Yunayted", "Real" yoki "Inter" emasman. Men - birdaniga hammasiman. Har bir klubda yurakdan ishlaganman. Bu erda ham shunday qilaman".


Jozening aytishicha, u hali ham "Real" va MYUdagilar bilan suhbatlashib turar ekan.


Mourinyuning so'zlariga ko'ra, "Tottenxem" tarkibi - uning Rojdestvo uchun olgan sovg'asi

Matbuot anjumanida "Tottenxem"dagi pasayishga etakchilar bilan shartnoma imzolashdagi muammo sabab bo'lgani aytildi. Mourinyu buni qanday hal qilishini aytdi:

"Hozircha har bir futbolchini alohida o'rganib chiqa olmadim. Ammo men uchun birinchi navbatda futbolchilar baxtli bo'lishi muhim. Ular yozda klubni tark etishmoqchi yoki yangi bitimni istayotgan bo'lishi mumkin - hammasi futbolchi o'zini klubda qanday his qilishiga bog'liq. Baxtli bo'lsangiz, demak, shanba kuni maydonga tushishga tayyorsiz.

Sizni baxtli qiladigan narsalarni tanlash lozim, ammo hozir qisqamuddatli vazifalar bor: Yaqin ikki uchrashuvda ijobiy natijaga erishish".


Jozedan yoshlar haqida so'rashdi, ammo u aniq javob bermadi.

"Hamma murabbiy yoshlarni maydonga tushirib, ular rivojlanishini xohlaydi. Qaysidir klublarda ular bor, boshqalarida esa yo'q. Men Skott Maktominay, Rafael Varan va Mario Balotelli kabi iqtidorli yigitlar bilan ishlaganman.


Agar "Tottenxem" akademiyasi ajoyib futbolchilarni etishtirib chiqarsa, bu men uchun yoqimli fakt bo'ladi".


Joze hozirgi tarkibdan mamnun ekanligini aytdi. Buni xatto Rojdestvo uchun sovg'a deb atadi. Insaydlarga ko'ra, "Tottenxem" yozgacha hech kimni xarid qilmaydi.


Aytishicha, jamoa keyingi mavsum APL chempioni bo'lishi mumkin.

Joze barcha klublarda muvaffaqiyatli ishlaganini eslatib qo'ydi. Mourinyuning fikricha, uni taklif qilish - klub strategiyasining bir qismi.

"Biz bu mavsum Premer-ligani yuta olmaymiz. Ammo hamma narsa bo'lishi mumkin - yutamiz demayapman. Biroq keyingi mavsum ligada zafar quchishimiz mumkin".

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика