Meksikada hakamlar ish tashladi
13 mar 2017 12:12
Yangiliklar
Meksikada hakamlar ish tashladi
Hakamlar ish tashlashi tufayli Meksika chempionatidagi bahslar bekor qilindi va boshqa muddatga ko'chirildi.
Meksika OAVning malum qilishicha, 10 va 7 uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan futbolchilar Pablo Agilar ("Amerika") hamda Enrike Triverio ("Toluka") referiga hujum qilgani uchun hakamlar boykot elon qilishdi. Referilarning fikricha, bu juda engil jazo ekan.
"Meksika futbol federaciyasi malum qiladik, Liga MX chempionati to'xtatildi, chunki hakamlar ish tashlashdi" - deyiladi mamlakat futbol federaciyasi bayonotida.
Fikrlar