So’nggi yangiliklar

08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  104 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  30 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0

Mehriddin Rahmatov: O'zbek futboliga SHkvirindek hujumchi etishmayapti Yangiliklar

Mehriddin Rahmatov: O'zbek futboliga SHkvirindek hujumchi etishmayapti

Turli nashrlarda, internet saytlarida sanatkorlar va aktyorlar bilan futbol borasida suhbat qurish yaxshi ananaga aylanib bormoqda.
Bunga ayniqsa, Fond forum tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Hayot uchun" futbol-shousidan keyin qiziqish yanada ortdi. Aslida sanatkorlar orasida futbolni shunchaki emas, dildan sevuvchi, professional tarzda to'p surgan va ayni paytda ham havaskor sifatida faoliyat ko'rsatayotganlari ham bor. Bular ichida to'rt nafar el suygan insonlarni alohida takidlashimiz mumkin. Misol uchun, Yodgor Sadiev o'z vaqtida "Paxtakor" jamoasi safida darvozabon sifatida professional tarzda faoliyat olib borgan. Kozim Qayumov hali-hamon O'zbekiston faxriylar terma jamoasi libosida maydonga tushadi. Alisher Uzoqov O'zbekiston birinchi ligasi ishtirokchisi "Istiqlol" jamoasi bilan professional tarzda shartnoma imzolab, chempionat doirasida gol urishga ham erishdi. Mehriddin Rahmatov esa hech qanday jamoa safida to'p surmaydi. Lekin uning birgina 1994 yili Xirosimada o'tgan Osiyo o'yinlaridagi muvaffaqiyatimiz asosida ishlangan filmdagi roli orqali butun bir o'zbek ixlosmandlari sevimli sanatkorimizning futbol o'ynash bobida ham yaxshigina tajribasi bor ekanligiga guvoh bo'lishgan. Qolaversa, Mehriddin Rahmatovni har safar futbol uchrashuvlarida stadionda uchratamiz. SHuni inobatga olib, eng avvvalo, ushbu aktyorimizning futbol haqidagi fikrlarini muxlislarga etkazish zarur, deb o'yladik va bu suhbat ular uchun qiziq ekanligiga ham ishonchimiz komil edi. Niyatimiz xolis ekan. Yaqinda shunday imkoniyatga ega bo'ldik.

– Mehriddin aka, sizni futbolga befarq emasligingizni deyarli butun futbol muxlislari, yani Xirosimadagi muvaffaqiyatimiz asosida ishlangan filmni ko'rganlarning barchasi biladi...
– Savolingizni tushundim. Darhaqiqat, hayotda futbol va sanat havosi bilan nafas olaman, desam hech mubolag'a bo'lmaydi. Yoshlikda futbolchi bo'lish orzum edi. Lekin ettinchi sinfdan keyin sanat sohasiga qiziqishim ortib borgan. Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi futbol maktabiga qatnaganman. Murabbiyimiz Hafiz Rahimov edi. Ushbu ustozimdan futbolning ko'p sir-asrorlarini o'rganganman. Aynan mana shu omil "Faqat g'alaba" filmidagi ijroimni ko'ngildagidek chiqishi uchun xizmat qilgan.

– Bosh qahramon qiyofasini ijro etishingiz qay tarzda amalga oshgan. Buni rejissyor Hilol Nasimovning o'zi xohlaganmi yoki?..
– To'g'ri, buni rejissyor hal qiladi. Lekin bungacha bo'lgan vaqtda sizga qo'yiladigan eng jiddiy talab bu – kinosinovlardan muvaffaqiyatli o'tishingiz kerak. Futbolga mukkasidan ketganligimdan esa film ijodkorlari xabardor edi. SHu bois nomzod aktyorlar qatorida men ham kinosinovlarga taklif qilinganman. Harakatlarim, futbol borasidagi qarashlarim kino ijodkorlariga maqul tushganidan so'ng bosh rolni menga berishgan.

– Kinosinovlar qaysi stadionda bo'lib o'tgan?
– Maydonda emas, asosan futbol nazariyasi doirasida sinovdan o'tganmiz.

– Filmda yaratgan qahramoningiz – Bahodir Usmonov orqali Xirosimadagi Osiyo o'yinlari ishtirokchilaridan qaysi birining siymosini gavdalantirgansiz?
– Filmda alohida bir futbolchi ishtirokini ko'rsatish g'oyasi bo'lmagan. Umumiy jamoaning muvaffaqiyati bilan bir qatorda futbolchilarimizning o'ziga xos irodasi hamda Vatanga bo'lgan muhabbatini namoyish etishga harakat qilganmiz. Buni qaysidir manoda uddaladik, deb o'ylayman. Sababi, hech qanday tanqidiy fikrlar eshitmaganmiz.

– "Faqat g'alaba" filmi ekranlarga chiqqandan so'ng, biror bir futbolchi va murabbiylar ijroingiz haqida ijobiy yoki tanqidiy fikr bildirganmi?
– Quvonarlisi shundaki, bu borada ijobiy fikrlar ko'p bo'ldi. Tanqidlarni esa eshitmadim. Ayniqsa, milliy terma jamoamiz yordamchi murabbiyi SHuhrat Maqsudov, futbolchilarimiz – Odil Ahmedov va Lutfulla To'raev bilan aynan shu filmdan so'ng qadrdonlarga aylanganmiz. Ularning har biri film yoqqanligi va yaxshi kino bo'lganligi bilan meni tabriklashdi.

– "Hayot uchun" futbol-shousida sizning ham ishtirok etishingizni kutgandik.
– Taklif bo'lmadi. Juda xohlagandim ishtirok etishni. Tomoshabin sifatida kuzatib rosa zavqlandim. Nasib etsa, kelgusi safar qatnashishni niyat qilganman.

– Har safar sizni stadionda uchratamiz. Umuman, futbolni bevosita maydonda kuzatishning televizor orqali tomosha qilishdan qanday afzalligi bor?
– Stadiondagi muhit, hayajon, hissiyotni televizorda tomosha qilib his qila olmaysiz. Ashulani ham jonli ijroda eshitib maza qilasiz-ku, to'g'rimi?

– Hozirda muxlislar ham, jurnalistlar ham ikkiga bo'linib qolgandek, go'yo. Birinchi guruh Abramov tarafdorlari, ikkinchisi esa Qosimov tomon. Bu borada internet saytlarida turli xil mulohaza va fikrlar bildirilyapti. Siz bu borada qanday fikrdasiz?

– Ushbu qarashlar faqatgina futbolimiz zarariga ishlaydi. Vadim Abramov ham, Mirjalol Qosimov ham bir maqsad sari intilishdi. Har ikkisi ham jamoani jahon chempionatiga olib chiqishni ko'zlashgandi. Ularni bir-biri bilan solishtirish noo'rin. Aksincha, muxlislar ham, jurnalistlar ham bir maqsad sari birlashadigan vaqt keldi. CHetdan turib baho berish barchaga oson. Aslida kimlarga muxlislik maqomini berish kerak? Qanday insonlar bu toifaga kiradi? Muxlis har doim yaxshi kunda ham, yomon kunda ham o'z suyuklilari bilan birga bo'lishi, ularning yonida turish kerak. o'alaba qozonsa yaxshi, mag'lub bo'lsa ularni toptash kerak emas-da. Maydonda o'tirib gohida xafa bo'lib ketaman. Bizda muxlislik madaniyati borasida bir oz oqsash bor-da. Oramizda yurgan, lekin Vatanimiz ravnaqi uchun hali hech narsa qilmagan insonlar yurtimiz iftixorlari – Mirjalol Qosimov, Ravshan Ermatov, Vadim Abramovlarni tanqid qilishga haqlimikan?

– Milliy terma jamoamiz haqida gap ochildi. Pley-off bosqichidagi imkoniyatlarimiz qay darajada, deb o'ylaysiz?

– Imkoniyat bor ekan, futbolchilarimiz oxirigacha kurashadi. Iordaniya biz uchun begona emas. Har doim ularga qarshi muvaffaqiyatli to'p surganmiz. Bu bosqichdan o'tishimizga ishonaman. Janubiy Amerika vakiliga qarshi uchrashuv esa juda qiyin o'tishi aniq. Imkoniyatlarni 40 ga 60 desa bo'ladi.

– Yaqinda Turkiyada jahon chempionati yakunlandi. Yoshlarimiz ko'rsatgan o'yinlar ham ijobiy, ham tanqidiy fikrlarga sabab bo'ldi. Siz bu borada nima deya olasiz?
– Tanqidiy fikrlar bildirgan insonlarni tushunmayman. Guruh bosqichidan chiqib, kuchli 8 jamoa safidan o'rin olishning o'zi katta gap. Mana, MDH davlatlarining qaysi biri jahon chempionatida ishtirok etdi? To'g'ri, Urugvay va Franciyaga yirik hisobda imkoniyat boy berildi. Lekin etibor bering, ushbu uchrashuvlarda yoshlar terma jamoamizning etakchi o'yinchilari ishtirok eta olmadi. Bir so'z bilan aytganda, yurtimiz futbolining kelajagi bor. Yoshlarimiz va o'smirlarimiz jahon chempionatida muntazam qatnashishga muvaffaq bo'lishyapti. Yaqin kelajakda bu yoshlarimiz kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ham milliy terma jamoamiz bilan ishtirok etishiga ishonaman.

– Futbolga qiziqadigan insonlar borki, ularning barchasini o'z suygan o'yinchisi bo'ladi. Siz qaysi futbolchilarning o'yinlaridan zavq olasiz, qaysi jamoaga mehringiz baland?

– O'zbek futbolida Mirjalol Qosimov va Igor SHkvirinlarning harakatlaridan hayratda qolardim. Afsuski, hozirda o'zbek futboliga Igor SHkvirindek hujumchi etishmayapti. Jahon futbolida Andrey SHevchenkoga mehrim baland. "Milan"da o'ynagan vaqtida uning ishtirokidagi hech qaysi uchrashuvni o'tkazib yubormasdim. Keyinchalik esa SHeva milanliklar safini tark etib, o'z faoliyatini yakunlagan bo'lsa-da, baribir "Milan" jamoasining muxlisiman.

– Futbol olamida muxlislar diqqat-etiborini Messi va Ronaldu qarama-qarshiligi tortgan. Bu borada siz qay birini tanlardingiz?
– Men mutlaqo boshqa futbolchini aytib o'tgan bo'lardim. Zlatan Ibragimovich hech bir jabhada ulardan qolishmaydi.

– Hamkasbingiz, agar aytish mumkin bo'lsa, shogirdingiz Alisher Uzoqovning tutgan yo'lini to'g'ri deb o'ylaysizmi, har holda sanat va sportning yuki og'ir, ikkalasini birdek olib ketishning o'zi bo'lmaydi?
– Alisherni yaxshi bilaman. Teatrda ham ikkalamizning suhbatimiz asosan futbol haqida bo'lardi. Uning orzularidan biri futbol jamoasi safida to'p surish edi. Bunga erishganidan xursandman. Agar mening ham yoshim to'g'ri kelganda, albatta shunday yo'l tutardim.

– Evropada xayriya uchrashuvlarida buyuk futbolchilar bilan bir qatorda taniqli va mashhur insonlar ham ishtirok etishadi. Misol uchun, Mixail SHumaxer, Luchano Pavarotti kabi insonlar maydonga tushib turishadi. Agarda, sizda ham mashhur futbolchilarimizning xayrlashuv uchrashuvlarida ishtirok etish imkoniyati tug'ilib qolsa, bunga vaqt topa olishingizga ishonasizmi?
– SHubhasiz. Bunday imkoniyat tug'ilsa, ko'p narsadan voz kechishga ham tayyorman.

– Sizdan oldin ham bir qator sanat olami vakillari bilan suhbat qurganimizda ular sport borasida, jumladan, futbol haqida film ishlash niyatida ekanliklarini aytib o'tishgandi. Lekin hali-hanuz bu borada yangiliklarga duch kelmayapmiz. Balki sizda ham shunday maqsad bordir?
–  Futbol haqida juda yaxshi g'oyam bor. Ishontirib ayta olamanki, yaqin vaqtlar orasida ushbu g'oyamni hayotga tatbiq etaman.

Ahmadjon ESHMATOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика